HAYoTGA AYLANGAN EZGU NIYaTLAR
(Oçerk)
Xuşxabarning qanoti bor, deganlari rost. "Taşabbus - 2014” körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçida Qoraqalpoğiston Respublikasi nomidan iştirok etgan yurtdoşimiz, "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi rahbari Islom Matkarimovning "Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxşi yil tadbirkori” nominatsiyasi ğolibi bölganligini eşitgan qarindoşlari, döst-yorlari çin dildan quvonişdi. Hatto notaniş odamlar ham:
- Kördingizmi, "Taşabbus”da bizning "Amudaryo sohili” ğolib böldi! – deya faxrlanişdi, bir-birlarini muborakbod etişdi. Tahririyatda esa fermer xöjaligi faoliyati bilan tanişiş, ğolibni muborakbod etiş mening zimmamga tuşdi.
Islom Matkarimov bilan uçraşuvimizdan, xöjalik faoliyati bilan tanişuvimiz, yoş fermer tomonidan amalga oşirilgan keng qamrovli işlar, istiqboli porloq rejalardan, töğrisi, dilimda havas va hayrat uyğondi. Xayolimdan: "şu yoşgina yigit şunça işni qanday amalga oşirdi ekan?”, - degan bir savol keçdi.
- Siz hayron bölayotirsiz, - xuddi xayolimdagini öqiganday mamnun jilmaydi Islombek. – Töğri, fermer xöjaligini boşqariş oson emas. Bir vaqtning özida davlat korxonasida ham işlayman. Lekin bir narsani bilamanki, bir-birovga hurmat, oğizbirçilik bölsa, inson eng oğir muammolarni ham osongina hal eta oladi. Mening barça işlarimning, yutuqlarimning ilhomçisi muhtarama onajonimiz, aka-ukalarim – oilam. Agar men bağri quyoşday issiq oilam bölmaganida heç narsaga erişmagan bölardim.
Bağri quyoşday issiq oila. Uning sohibi, sohibasi kimlar ediki, öğil ularni quyoşga mengzadi. Şu quyoş tafti unga kuç-qudrat, aql-zakovat ato etganidan köngli toğday yuksak, niyatlar uluğ, orzu-umidlari viqorli.
Islom Matkarimov ulğaygan oilada otaning öz örni, şu möʼtabar zot tomonidan yaratilgan qonun-qoidalarga nisbatan hurmat va eʼtibor hamişa baland bölardi. Ismoil fermer – "Ismoil çorvador” deyişardi uning otasini. Ovul-elda Ismoil oğa bilan uning rafiqasi Rabiğa muallimaning hurmati, obrösi baland edi. Biri işbilarmon, tadbirkor inson, ibratli oila sohibi, biri ovul yoşlarining sevimli ustozi, eʼzozli xonadon bekasi, umrining 27-yilini yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan möʼtabar inson bölganligi boisidan ehtiromga sazovor edilar. Ota-ona feʼlidagi odamiylik fazilatlari, el-yurtga qayişib, yaxşilik, ezgulik tomon intilib yaşaş xislatlari beş nafar öğil feʼlida mujassam bölib, bu oila arkonini yaşnatib yubordi. Iqtisodi tamoman izdan çiqqan, deyarli talon-taroj bölib qolgan sobiq "Tölqin” xöjaligi hududida çorvaçilik fermasini qayta taşkil etgan rahmatlik Ismoil oğa Matkarimov tölib-toşib işlab yurganida tösatdan vafot etdi.
- Göyo hamma yoq huvillab qolganday, könglimga qil siğmay qoldi, - mahzun xotirlaydi Rabiğa opa Jölliboyeva umr yöldoşini. – Uning ezgu niyatlari köp edi. Yangi-yangi rejalarni tuzardi, işonasizmi, 15-20-yil oldindan köra biliş, qatʼiy xulosalar çiqara oliş qobiliyati bor edi otasining. "Hali şunday kun keladiki, - derdi kulib, öğillarimiz orqali ikkimiz maşhur bölib ketamiz. Öz boğlarimiz, meva-sabzavotni qayta işlovçi korxonamiz, öz çorvamiz, baliqçilik, asalariçilik, pillaçilik, ğallaçilik xöjaliklarimiz böladi!” – derdilar.
- Qöysangiz-çi, şunça boylikni qayerdan olamiz? – deganman öşanda. – Endi bilsam, butun boyligimiz öğillarimiz ekan...
Xalqimiz tilida eʼzoz topgan: "Otaga qarab öğil ösar”, degan purmaʼno hikmat Ismoil oğa bilan Rabiğa opalar qurgan ahil oilada öz takomiliga yetdi. Ota feʼlidagi jamiki ezgu fazilatlar beş öğil xulqini bezadi. Esini tanigan kunidan boşlab oilada halol mehnat, bir-birovga mehr-oqibat taʼlimini olgan farzandlarning barçasi öqimişli, tadbirkor, eng muhimi, oilaparvar insonlar bölib voyaga yetişdi.
- Mana bu uy-hovlini Ismoil oğangiz boşçiligida, butun oila jamligida qurganmiz, - keng va şinam, köça yuzasidan boşlab dov-daraxtlarga burkangan xonadon içkarisiga boşlarkan deydi mamnuniyat bilan Rabiğa opa. – Öğillarimning barçasini, hozir esa nevaralarimni ham 5 yoşidan mehnat qilişga örgatganmiz. Ismoil oğangiz ovozini kötarib urişmasdilar, sökmasdilar. Öğillarini yonlariga olib, "jöra-jöra” deb erkalatib işga örgatardilar. Har bir öğlimning öz işi bölardi. Hozir ham şunday. Bizning oilada heç kim böş ötirmaydi.
Maktab taʼlimidan böşagan öğillar uçun oilada Ismoil oğa boşçiligidagi tarbiyaviy soatlar boşlanardi. Şuning uçun ham Rabiğa opa bilan Ismoil oğaning öğillari mustaqil hayotga qadam qöyganlarida öz kiyimlarini özlari yuvib, toza kiyişdan tortib, tomorqa xöjaligini yuritiş, çorva mollarini parvarişlaş sirlarini örgandilar, boğdorçilik, parrandaçilik sohalarini puxta egallagan, mehnatkaş, mehr-oqibatli insonlar sifatida şakllandilar. Ota-onalarining har bir qilgan ezgu niyatlarini özlarining yaxşi xulqlari, fidoyi mehnatlari bilan ziynatladilar. Rahmatlik Ismoil oğa Matkarimovning niyatlari, orzulari mahsuli bölib "Tölqinli Ismoil çorvador” nomi bilan boşlangan xayrli işlar "Amudaryo sohili" bölib bepoyon paxtazorlar, tutzor-u ğallazorlarga, boğ-roğlarga, baliqlari suzib yurgan "Amu-Tölqin baliği" hovuzlariga, qatrasi dardga malham asalari uyalariga köçdi. Tadbirkor öğillar nomi mamlakatga tanildi.
Bugungi kunda katta öğil Şuhratjon yetuk iqtisodçi, tuman omuxta yem, şrot-şeluxa sotiş birlaşmasi boşliği, Toşkent iqtisodiyot universitetida tahsil olgan Qudratjon "Amu-Tölqin baliği” MÇJ raisi, uçta oliy öquv yurtini tugatgan Ilhomjon Beruniy tuman DSI boşliği, Islombek esa "Manğit poçta” korxonasiga rahbarlik qiliş bilan birga "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi raisi.Kenja öğil Azamatjon Toşkent axborot texnologiyalari Universiteti talabasi. Aka-ukalarning barçasi tadbirkor, işbilarmon. Otasi boşlagan ezgu işni davom ettirib, deyarli tarqab ketgan çorvaçilik fermasi negizida "Tölqinli Ismoil çorvador” çorvaçilik fermasini qayta taşkil etgan Şuhratjon Matkarimovning, "Amu-Tölqin” baliği MÇJ faoliyatini yölga qöyib, eldan olqiş olgan Qudratjonning, katta bir tumanning yirik iqtisodiy sohasini boşqarayotgan Ilhomjonning va bugun öz işlari bilan butun Özbekistonga tanilgan "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi rahbari, "Taşabbus-2014” körik-tanlovining "Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxşi yil tadbirkori” nominatsiyasi ğolibi Islombekning yutuqlaridan faqat "Tölqin” ovuli ahligina emas, butun amudaryoliklar mamnun.
Asosiy faoliyati paxtaçilik, ğallaçilik, sabzavot-poliz, kartoşka, don ekinlari, çorvaçilik, asalariçilik, boğdorçilik va pillaçilik bölgan "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi tumandagi iqtisodi rivoj topgan köp tarmoqli xöjaliklardan biri sanaladi. Fermerlik faoliyatini 2011-yilda boşlagan Islombek Matkarimov işni onasi va aka-ukalari bilan bamaslahat, aniq va puxta reja asosida taşkil etdi. Dastlab 89,7 gektar yerda dehqonçilik qilgan fermer qisqa vaqt içida öz faoliyat kölamini kengaytiriş hisobiga ekin maydonini 186,1 gektarga yetkazdi. Paxtaçilik va ğallaçilikdan taşqari, boğdorçilik, baliqçilik va asalarçilik yönalişlarini, çorvaçilik fermasini taşkil etdi. 2012-yilda tijorat banki kredit mablağlari hisobidan 2210,5 mln. sömlik investitsiya kiritib, Gollandiya texnologiyasi asosida beş turdagi sut mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöydi. Buning natijasida fermer xöjaligida 51 ta iş örinlari yaratilib, 31 nafar kollej bitiruvçilari doimiy iş bilan band bölişiga erişildi.
- Otam doimo har bir boşlagan xayrli işing hisobidan ehtiyojmand odamlarga xayr-ehson qilişni unutmanglar, - derdilar bosiqlik bilan sözlaydi Islombek. – Endilikda onajonim maslahatlari bilan tez-tez xayr-ehson qilib turamiz.
"Amudaryo sohili” fermer xöjaligi hisobidan faqat 2012-2013-yillarda 30,6 million sömlik xayriya işlari amalga oşirildi. Taʼlim muassasalariga sut va göşt, baliq mahsulotlarini xayriya qilgan Islombekning xizmatidan eldoşlari mamnun.
- Öğlimning rejalari katta, - deydi Rabiğa opa mamnuniyat bilan. – Hali körasiz, şunday bir kun keladiki, mening öğillarim Amudaryo elining nomini jahonga tanitadi.
Islombekning katta rejalari – ular farzandlaridan mamnun onaxonning işonçlaridan qanotlangan ezgu rejalar edi nazarimda. Qarang, kelgusida mehnat unumdorligini oşiriş evazigaqişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 500,0 million sömga yetkaziş, öz mablaği hisobidan 50,0 million, bank kredit mablağlari hisobidan 150,0 million söm atrofida investitsiya mablağlarini jalb qilib, non mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş, baliqçilik sohasini kengaytirib, baliq mahsulotlarini qayta işlaş korxonasini taşkil etiş, xizmat körsatiş sohasida maişiy xizmat körsatiş majmuasini işga tuşiriş va nihoyat "Amudaryo sohili” nomi bilan öz mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qilişga erişiş.
- Ana şunda işçilarimiz safi 65 nafarga yetadi, yangi iş örinlari yaratiladi! - Öz rejalari haqida tölib-toşib sözlaydi Islombek. – 2014 yilda xayriya işlarimiz ham köpayadi. Yil davomida 25 million sömlik xayriya işlarini amalga oşirişni niyat qilganmiz.
Yaxşi niyat – u hammaning ham könglidan keçib, hayotga aylanavermaydi. Albatta, har bir qilingan ezgu niyat samimiy bölsagina inson köngliga obodlik baxş etadi. Şuning uçun: "niyating yöldoşing bölsin!”, - deya tilaklar qilinadi. Niyat köngilga tugilsa-yu, uni amalga oşirmoq uçun inson toza dil bilan, ixlos bilan intilmasa, köngilda tugun bölib qolaveradi. Şuning uçun har bir ezgu niyat dildagi samimiyat çöğidan taft olib, hayotga aylanadi. Rabiğa opaning öğillari qilgan yaxşi niyatlarda hamişa ana şunday samimiyat çöği bor, köngillarga xuş keladigan taft - harorat bor. Şuning uçun ham hamqişloqlari bu oila farzandlariga havas qilsa ne ajab. Gulbahor, Miyvegul, Oygul, Yulduz ismli ismlari-jismlariga monand kelinlarning odob-u ikromlaridan, özlariga yaraşgan xulq-minazlaridan: "keling, uyga kiring, tuzimizdan totib keting”, - deya mulozamat körsatib, xonadonga kelguvçi mehmonlarga evrilib turişlaridan könglingiz yayrab ketadi. Havas qilasiz. Qöllariga mitti belkurakçalar olib enasi - Rabiğa opa boşçiligida tomorqa yerida mehr bilan işlayotgan bolajonlarni körib, havasingiz hayratga aylanadi. Qarang-a, bu oilada bolalarga 5-6 yoşidan mehnat taʼlimi ham berilarkan, xonadon boğida har birining öz daraxti, öz gulzori bor. Tabiat neʼmatlariga ixlos, ona zaminga mehr uyğotiş darslari emasmi bu! Bu mehr bolajonlar bilan birga ulğayib, ona Vatan sarhadlarini quçmaydimi bir kuni! Oilaning 5 nafar tadbirkor öğillari izini bosişga, Vatan ravnaqiga, farovonligiga, obodligiga hissa qöşmoqqa, Vatanga munosib farzand bölmoqqa qöyilayotgan qutluğ qadamlar ham şu – "Amudaryo sohili”ning, ona Vatanning kelgusi vorislari!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶