Amudaryo tuman adliya boʻlimining 2020-yil olti oylik ish faoliyati yuzasidan AXBOROTI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5415-sonli Farmoni bilan Respublikamizning har bir tumanida adliya boʻlimlari tashkil qilingan boʻlib, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalari etib:
- hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar berish;
- davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
- qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, «respublika — viloyat — tuman — mahalla» printsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
- huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
- inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
- davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash belgilangan.
Amudaryo tumani adliya boʻlimiga 2020-yil 2-choragi davomida jami 119 ta ariza va shikoyat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 99 tasini ariza, 20 tasi shikoyat tashkil qildi. Kelib tushgan murojaatlarning 103 tasi hal qilindi. Shundan qanoatlantirilgan ariza va shikoyatlar 62 tani, huquqiy tushuntirish berilgan 41 tani tashkil qildi. 2020-yil 2-choragida bevosita shaxsiy qabulga jami 102 nafar, sayyor qabullarda 17 nafar fuqaro qabul qilingan.
Boʻlim tomonidan 2020-yil 2-chorak davomida sudlarga 20 nafar fuqaroning manfaatida arizalar kiritilib, shundan 18 tasi qanoatlantirildi, 2 ta fuqarolik ishi koʻrib chiqilish jarayonida.
Kiritilgan daʼvo arizalarning 17 tasi fuqarolik sudlarga, 3 tasi maʼmuriy sudlarga kiritilgan. Kiritilgan daʼvo arizalari natijasida fuqarolarga jami 54.104.287 soʻm ish haqlari undirib berildi. Maʼmuriy sudlar tomonidan 3 ta mansabdor shaxslarning qarorlari va xatti-harakatlari gʻayriqonuniy deb topildi.
Boʻlim tomonidan qonun ijodkorligi sohasida 2020-yil 6 oyi davomida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 18 ta taklif berildi, 1 ta Xalq deputatlari tuman Kengashi va 2 ta tuman hokimi qarori huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Boʻlim tomonidan 2-chorak davomida jami 56 ta idora va tashkilotlarda monitoring va oʻrganishlar oʻtkazildi. Shundan 1 ta oʻrganish ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida boʻlsa, inson huquqlarini himoya qilish sohasida 51 ta monitoring va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida 2 ta monitoring oʻtkazildi. Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida idora va tashkilotlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan jami 858 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Mazkur oʻrganish va monitoringlar davomida hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha idora va tashkilotlarga jami 70 ta taqdimnomalar va 70 ta ogohnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 4 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, byudjetga va fuqarolarga 143.471.985 soʻm pul mablagʻlari qayta toʻlandi.
Shuningdek, oʻrganishlar va fuqarolardan tushgan murojaatlar asosida oʻtgan olti oy davomida adliya boʻlimi tomonidan 2 nafar mansabdor shaxsga nisbatan toʻgʻridan-toʻri maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, idora va tashkilotlarning 3 nafar xodimiga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar berildi.
Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini yanada oshirish yuzasidan boʻlim tomonidan oʻtgan 6 oy davomida ommaviy axborot vositalarida 116 ta chiqishlar qilindi. Ogʻzaki huquqiy targʻibot 201 tani, koʻrgazmali targʻibot
22 tani tashkil qildi. Bu davr davomida jami 340 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, bu tadbirlarga mingdan ortiq fuqaro qamrab olindi.
Boʻlim tomonidan 6 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va tashkilotlariga 574 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazildi. Shundan
19 tasi Qonun, 10 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 134 tasi Prezident Farmon va qarorlari,
290 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 121 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yoʻriqnomalaridir.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz oldiga demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni bosh maqsad qilgan ekan, biz adliya boʻlimlari uchun yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yanada oshirish asosiy vazifamiz boʻlib qoladi.
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶