KUTUBXONA – HAQIQATAN HAM NURXONA
Sabr-toqatlilik xalqimizga xos xislat. Biz oila aʼzolarimiz bilan karantin qoidalariga rioya qilib, uydamiz, adabiy kitoblar öqib, televizorda berilgan körsatuvlarni birgalikda muhokama qilamiz.
Yaxşi kuy va tarona, raqs kayfiyatimizni kötaradi, nevaralarimiz bilan kiçik davra quramiz, ular raqsga tuşib, qöşiq va şeʼrlar aytişadi. Har bir kunimizni mazmunli, qiziqarli ötkazamiz.
Joriy yil iyun oyidan boşlab tuman Axborot-kutubxona markaziga oilaviy aʼzo böldik. Bizni Axborot-kutubxona markazi direktori Dilmurod Örozoqov kutib oldi va işçi xodimlari bilan taniştirdi. Nevaralarim Rustam, Suhrob, Guli Baxtiyorovalarni ham yetaklab, bu kutubxonaga olib borib, özlari qiziqqan kitoblarni olib öqişga yölladim.
Bizni kutubxona xodimlari xuş çehra bilan kutib oldilar va kutubxonadagi adabiyotlar haqida tuşunça berdilar. Özbek, rus, qoraqalpoq va boşqa millatlar adabiyotlari tizilgan javonlardan öqiş uçun kitob tanladik. Axborot-kutubxona markazi direktori Dilmurod Örozoqov va işçi xodimlari Gulasal Qöçqorova, Rohatoy Ramonova, Maxsuda Bekaşeva, Islom Matyoqubov, Quvonçbek Örozimbetov, Sohiba Bozorboyeva, Intizor Yöldoşeva, Gulruh Avezmetova va Iroda Saʼdullayevalarga öz minnatdorçiligimizni bildirdik.
Şu yerda oddiy bir haqiqatni aytgim keldi. Kutubxona uçun ajratilgan xonalar kam, kitoblar esa juda köp ekan, tuman Madaniyat bölimi mudiri Ş.Yusupov uşbu holatga alohida eʼtibor bersa va albatta, xonaga yozda şamollatgiç örnatsa, nur ustiga aʼlo nur bölar edi. Şunda markazga taşrif buyuruvçi kitobxonlar safi ança oşgan bölardi.
Axborot-kutubxona markazi 2 ta xonada joylaşgan. Lekin kitoblarning köpligidan kitobxonlarga mavjud vaziyat biroz qiyinçilik tuğdiradi. 63 mingdan ziyod kitob jamğarmasiga ega markaz binosi içkarisi öta dim, issiq. Noyob kitoblarni şu yerning özida öqişning imkoni yöq. Kutubxona xodimlari esa juda işçan, madaniyatli. Men tumanimizdan çiqqan yozuvçi Xuşnud Yoqubjonovning kitoblarini söragan edim, darrov topib berişdi. Hatto kitoblarning maʼno-mazmuni haqida ham tuşunçalar berişdi. Men hozirgi zamon özbek adabiyoti namoyandalari qatorida tumanimizdan yetişib çiqqan yozuvçi Xuşnud Yoqubjonovning ham kitoblari xalqimiz tomonidan sevilib öqilayotganidan faxrlandim.
Azizlar! Kutubxona – nafaqat bilimlar koni, balki nurxonadir. Men har bir yurtdoşimga, albatta, uşbu kitoblar makoniga – nurxonaga borişini, karantin şaroitida vaqtini mazmunli ötkazişini maslahat beraman.
Baxtiyor RAJABOV,
Boyovul mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶