PANDEMIYaGA QAPShI KUPASh ChOPALAPI KUChAYTIPILMOQDA
Bugungi kunda koronavirus infektsiyasi tarqilishining yanada faollashuvi kuzatilmoqda. Afsuski, Amudaryo tumanida ham koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Shu sababli tumanimiz 2020-yil 8-iyul sanasidan boshlab karantin darajasi boʻyicha “Qizil” toifaga oʻtkazildi. Qolaversa, Pespublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10-iyuldan 1-avgustga qadar respublika boʻyicha qator karantin cheklovlari joriy etildi.
Tuman Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtalik Markazida kasallik oʻchoqlarida va kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini oʻtkazish uchun maxsus himoya kiyimlari, dezinfektsiyalovchi moddalar va vositalar bilan yetarli taʼminlandi hamda zaxirasi yaratildi. Ayni kunda Markaz xodimlari kuchaytirilgan tartibda ishga jalb etilib, mavjud texnika vositalari va qoʻshimcha jalb etilgan texnikalar yordamida barcha hududlarda profilaktik dezinfektsiyalash ishlari olib borilmoqda. Koronavirus kasalliginig oldini olish, epidemiyaga qarshi rejalashtirilgan va olib borilayotgan tadbirlarni kuchaytirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga karantin davrida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan dezinfektsiyalash tadbirlarini amalga oshirish uchun koʻshimcha 49 nafar ishchi jalb etilib, tibbiyot va boshqa xodimlardan iborat ishchi guruhlari tashkil etildi. Ishchi gurhlari dezinfektsilovchi moddalar, himoya kombinizonlari hamda dezinfektsiya qilish vositalari bilan toʻliq taʼminlandi.
Tashkil etilgan otryadlar tomonidan har kuni Mangʻit Dehqon bozori va buyum bozori, ovul va mahallalar hududidagi umumjamoat joylari, oziq-ovqat, maishiy xizmat obʼektlari, koʻp qavatli uylar va bolalar maydonchalari, xizmat koʻrsatish tashkilot va korxonalarida, dizenfektsiyalash oʻz muddatlarida olib borilmoqda. Tuman hududiga kirib keluvchi yoʻllarda tashkil etilgan 3 ta postlardan oʻtuvchi avtotransport vasitalarini dezinfektsiya qilish tadbirlari olib borilmoqda. Tumanga kirib keluvchi postlarda avtomobillarni avtomatik dezinfektsiya tunellari tashkil qilinib, dezinfektsiyalovchi eritmalari bilan uzluksiz taʼminlab borilmoqda.
Markaz tomonidan Mangʻit dehqon bozoridagi savdo rastalarida, ichki hududida dizenfektsiyalash ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi buyum bozori, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, korxona va muassasalarda shuningdek tuman hududiga kirib keluvchi yoʻllarda tashkil etilgan postlar fuqarolarning tana haroratini masofadan oʻlchash uchun elektr termometrlar bilan yetarli darajada taʼminlangan. Shuningdek Dehqon bozori, buyum bozori hamda tijarot banklariga kirish joyiga dezinfektsiya tunnellari tashkil etilib, dezinfektsiyalovchi vositasi bilan toʻliq taminlandi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlari qoʻllanishi sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik subʼektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik sanitariya-qoida va meʼyorlari”ga muvofiq tumandagi ishlab chiqarish korxonalari va sanoat korxonalariga Amudaryo tuman Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtalik Markaziing tegishli sanitariya talabnomalari berildi.
Koronavirus infektsiyasiga qarshi Sanitariya Epidemiologiya Osoyishtalik markazining mutaxassislari tomonidan targʻibot ishlari oʻtkazilib, plakatlar, eslatmalar, bukletlar tarqatilmoqda. Hozirgi kunda epidemiyaga qarshi kuchaytirilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶