TUMAN HUDUDIDAGI 721 TA EHTIYoJMAND OILAGA 1 MLN. SOʻMDAN MODDIY YoPDAM PULLAPI BEPILDI
Mamlakat boshiga sinovli kunlar tushgan bugungi murakkab sharoitda aholini, ayniqsa, uning ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash davlatimizning doimiy eʼtiboridagi masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama koʻmak berish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada yana shu maqsadda joriy yilning 30-iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan pandemiya sharoitida moddiy koʻmakka muhtojlar roʻyxatiga kiritilgan va aʼzolari 1,7 million nafardan ortiq boʻlgan 400 mingdan koʻproq oilalarga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli berish koʻzda tutildi. Bunga respublika byudjetidan qoʻshimcha 380 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Moddiy yordam pullari joriy yilning 15-avgustiga qadar yetkazilishi belgilandi.
Farmon ijrosini taʼminlash, davlatimiz tomonidan ajratilgan ushbu yordam pullarini oʻz egalariga yetkazish maqsadida sektor rahbarlari, Amudaryo tumani hokimligi xodimlari, fuqarolar yigʻinlari masʼullari ham ovul-mahallalardagi ehtiyojmand oilalar roʻyxatiga kiritilganlar xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Xususan, pandemiya sharoitida tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan 1234 ta ehtiyojmand oilalar roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, shundan joriy yilning 29-30-iyul kunlari, 721 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning har biriga 1 mln. soʻmdan jami 721 mln. soʻm pul mablagʻlari topshirildi. Tumandagi sektorlar kesimida olib qaraydigan boʻlsak, 1-sektor hududida yashovchi 192 ta, 2-sektor hududidagi 193 ta, 3-sektor hududidagi 184 ta hamda 4-sektor hududidagi 152 ta ehtiyojmand oilalar yordam pulariga ega boʻldilar.

Shuningdek, muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida xalkimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini namoyon etuvchi muhtojlar holidan xabar olishdek xayrli anʼana davom ettirilgan holda, joylardagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari orqali 220-250 ming oilaga respublika byudjetidan jami 200 milliard soʻm ajratildi. Buning natijasida 1 milliondan ortiq aholi naqd pul, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bilan taʼminlanishi maqsad qilindi.
Aytish kerakki, Prezident Farmoni bilan 150 mlrd. pul mablagʻi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi va viloyatlar kesimida taqsimlandi. Ushbu mablagʻdan 10 mlrd. soʻm miqdoridagi mablagʻ Qoraqalpogʻiston Pespulikasi hududidagi kam taʼminlangan aholiga yetkazish uchun ajratildi. Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻylab, Nukus shahri va barcha tumanlardagi 17114 ta ehtiyojmand oilalar roʻyxati asosida moddiy yordam pullari oʻz egalariga yetkazildi.

Qolaversa, mazkur Farmon bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hayotini xavf ostiga qoʻysa ham faol ishtirok etib, jonbozlik koʻrsatayotgan tez tibbiy yordam brigadalarining shifokorlari, hamshiralari, kichik tibbiy xodimlari va haydovchilarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun 100 milliard soʻm ajratilishi belgilandi va buning evaziga 26 ming oilaning moddiy ahvoli yaxshilanishi koʻzda tutildi.
Pandemiya tufayli qiyin vaziyatda qolgan tumandagi ehtiyojmand oilalar aʼzolari davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrliklardan, eʼtibordan nihoyatda mamnun boʻlishmoqda va oʻz minnatdorchiliklarini bildirgan holda epidemiya bartaraf etilishiga, yana oldingidek hayot tarzi davom etishiga ishonch bilan qarashmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶