28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:32
Iqtisodiyot 👁 333

Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ishga joylashtirilmoqda

Ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ishga joylashtirilmoqda

Mamlakatimizda qariyb olti oydan beri davom etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli daromadidan ayrilgan, iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan yoshlarning, ayol-qizlarning bandligini taʼminlashga, ijtimoiy himoya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tuman Aholi bandligiga  koʻmaklashish markazi tomonidan ishsiz, chetga ishlashga keta olmagan yoki qaytib kelgan fuqarolarning bandligini taʼminlash uchun ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari haqidagi xabarlar muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda. Shuningdek, mahalla va xonadonlarga chiqib ishlash mexanizmi joriy etilgan. Joriy yilning yanvaridan iyul oylarigacha boʻlgan davr oraligʻida 1395 nafar aholi jamoat ishlariga jalb qilindi va ularning ish haqi toʻlovi jamgʻarma hisobidan toʻlab berildi.

Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, daraxtlarni oqlash, ularga ishlov berish, ariqlar hamda ichki yoʻllarni tozalash, Obodonlashtirish boshqarmasi va “Toza hudud” korxonasi buyurtmalari boʻyicha markaziy koʻchalar va xiyobonlarni tozalash, koʻkalamzorlashtirish, gul koʻchatlarini ekish va parvarishlash, maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqish kabi ishlarga pandemiya sababli ishsiz qolgan fuqarolar jalb etildi.

Xususan, yangi tashkil etilgan Xotira maydoni hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga 50 nafar, Istirohat bogʻiga 70 nafar, Mangʻit shahri ichidagi piyodalar yoʻlakchalarini tartibga keltirish ishlariga 50 nafar, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalar hovli-joyini taʼmirlashga 30 nafar fuqaro jalb qilindi.

Shuningdek, fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalarning buyurtmasiga koʻra, dala ishlariga 272 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi va barchasining oylik maoshlari oʻz vaqtida toʻlab berildi.

Karantin davrida oʻrnatilgan tartib-qoidalar inobatga olingan holda noanʼanaviy va nostandart jamoat ishlari ham joriy etildi. Jumladan, Davlat  sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlariga qoʻshimcha kuch sifatida dizenfektsiyalash ishlariga koʻmaklashish uchun 49 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolar, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga amaliy yordam koʻrsatishga 20 nafar, blokpostlarda xizmat koʻrsatishga 10 nafar fuqarolar ishga olindi. Yakka-yolgʻiz, oʻzgalar parvarishiga muhtoj insonlarni parvarishlash uchun 40 nafar oʻrta  tibbiyot xodimlari jalb qilindi.

Sektorlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida yanvar-iyul oylarida “Temir daftar”ga kiritilgan 361 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarning ishsiz aʼzolarning bandligini taʼminlash, daromad topishiga sharoit yaratish maqsadida tomorqasiga yengil tipdagi issiqxonalar qurish, ekin ekish uchun urugʻ, koʻchat xarid qilishi, sugʻorish vositalari xarid qilishi uchun 776,9 mln. subsidiya mablagʻlari berildi.

Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida 84 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga oʻqitilib, ularning ishga joylashishiga koʻmak berildi. Yil boshidan beri 200 nafar ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi va toʻlab berildi.

Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bundan keyin ham ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, ularning oilasida daromad manbalari koʻpayishiga va pirovardida mamlakatimiz iqtisodi yuksalishiga oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi.

Alisher SOBIROV, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026