HARBIY XIZMATChILAR ChEGARAOLDI HUDUDLARIDAGI AHOLI HAYoTI BILAN TANIShDI
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining munosabatlari tarixida koʻplab ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari bilan davlatlararo munosabatlar ijobiy tomonga oʻzgardi. Qoʻshni mamlakatlar bir-birlariga bozorlarinigina emas, chegaralarini ham ochdi. Savdo-sotiq, oʻzaro investitsiyalarni jalb qilish bilan birga mintaqada xavfsizlikni saqlash borasida ham oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Xavfsizlikni saqlash, chegaralar daxlsizligini taʼminlash – fuqarolarning bu borada amal qilayotgan qonuniy hujjatlardan xabardorligi, ularni hurmat qilishi, boʻysunishiga koʻp jihatdan bogʻliq. Ayniqsa, bu borada bugungidek globallashuv shiddat bilan kechayotgan davrda aholining bilimlarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boisi fuqarolarning qoʻshni davlatlarga sayohatga borishi uchun chegaradan oʻtishi, maʼlum vaqtdan soʻng qaytishi, yo xorijiy hamkorlar bilan savdo-sotiq qilishi kabi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar mavjud. Bularga amal qilmaslik qonun buzilishini sodir etish sifatida baholanadi.
Chegaraoldi hududlarida osoyishta hayot barqaror boʻlishi uchun aholi orasida chegaralarimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish, daxlsizligiga rahna solmaslik, davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnik inshootlarga shikast yetkazmaslik, toʻsiqlarni yoʻq qilib yuborish kabi holatlar sodir etilishining oldini olish borasida koʻpgina tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.
26-avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli 92 02 harbiy qism komandiri Alisher Yunusov, 3-“D” harbiy qism komandiri Elyor Joʻraboyevlar mamlakatimizning Turkmaniston davlati bilan chegara hududida joylashgan Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida boʻldilar. Yigʻin masʼul xodimlari bilan chegaraoldi hududida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarda davlat chegaralariga hurmat va masʼuliyat ruhini mustahkamlash borasida oʻzaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar xususida, kelgusi rejalar haqida suhbatlashdilar.
Shundan soʻng, ovul fuqarolarining pasport rejimiga amal qilishi, yashash tarzi bilan tanishish uchun xonadonlarda boʻldilar.
Harbiy xizmatchilar yaqinlashib kelayotgan istiqlol bayrami munosabati bilan Mangʻit shahrining Durunki mahallasidagi 4 ta oilaga kirib, sovgʻalar ulashdilar va yurtimiz obod, farovon, osoyishta, oilalar baxtiyor boʻlishini tiladilar. Bu tashrifdan oilalarning barcha aʼzolari nihoyatda mamnun boʻldilar va mehmonlarni bayram bilan tabriklab, minnatdorchilik bildirdilar.
Fazliddin MAHAMADIYeV, 3-“D” qism xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶