ChEGARAOLDI HUDUDIDA TINChLIKNI SAQLASh MAVZUSIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI
Yaqinda tumanimizdagi Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi, profilaktika inspektori, leytanant R.Otajonov ishtirokida ovuldagi ovchilar jamiyatiga aʼzo, ov qurollariga ega fuqarolar bilan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi muqaddas va daxlsizdir” deb nomlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda 9202 “K”harbiy qismdan ham vakillar ishtirok etishdi va ov quroliga ega boʻlgan fuqarolarga davlat chegarasi yaqinida ovchilik bilan shugʻullanmaslikni, qonunga xilof ravishda ushbu hududlarda ovchilik bilan shugʻullanish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirdilar. Shuningdek, “Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Qonunning “Chegaraoldi rejimini belgilash”, 19-“Chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasi”, 20-“Shaxslarning chegaraoldi zonasiga va chegaraoldi mintaqasiga kirishi (oʻtishi), u yerda boʻlishi (yashashi) va harakatlanishi” kabi moddalarining mazmun-mohiyati keng targʻib qilindi.
Yigʻilishda chegaraoldi hududlarida tinchlik-osoyishtalik saqlanishi ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholiga, ayniqsa, ov quroliga ega shaxslarga ham bogʻliq ekanligi taʼkidlandi. Ularga ushbu hududlarda ov qilmaslik lozimligi tushuntirildi.
Otabek MAHMUDOV,
9202 “K” harbiy qism xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶