PROBATsIYa GURUHI NAZORATIDAGI FUQAROLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI
Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson, uning manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash uchun xizmat qilmoqda. Tobora ravnaq topib borayotgan yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson shaʼni va qadri oliy masala sifatida alohida eʼtiborga olingan.
Ichki ishlar organlarining Probatsiya xizmati tashkil etilgandan buyon jazolarning bajarilishi nazorat qilinishi barobarida, ushbu toifa shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, oʻqishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, eng asosiysi, shaxsni tarbiyalash masalalariga eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Mamlakatimizda Probatsiya boʻlinmalari nazoratida turgan mahkumlar oʻrtasida ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, qayta huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldi olinmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining koʻrsatmasiga asosan, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida shu yilning 10-30-sentyabr kunlari oraligʻida “Hamkor” profilaktik tadbirini oʻtkazish belgilangan edi. Shunga koʻra, shu yil 18-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Probatsiya boʻlimi boshligʻi Umida Qurbonboyeva tumanimizga kelib, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, kapitan Sultan Jarilkaganov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili, mayor Otabek Bekchanov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi Nodira Yoʻldosheva, tuman Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi bosh mutaxassisi Sardor Kurabayev hamda tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi xodimlari qatnashdilar.
Uchrashuv Probatsiya guruhi nazoratida turganlarning muammolarini hal etishga koʻmaklashish, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, toʻgaraklarga aʼzo qilish orqali ular tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Probatsiya boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Umida Qurbonboyeva Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarga sud hukmi talablariga amal qilish kerakligi, bir marotaba bilib-bilmay qilgan ishlariga qayta qoʻl urmasliklari lozimligi, qonun-ustuvor jazo – muqarrar ekanligi, qonunni bilmaslik jazodan ozod etishga asos boʻlmasligi xususida gapirdi. Soʻngra, nazoratda turgan shaxslarning muammolari oʻrganilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shundan soʻng, Probatsiya guruhi nazoratida turgan Gulzor mahallasida yashovchi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan mahkuma ayolning uyiga borib, uning yashash sharoiti, turmush tarzi bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy muammolari oʻrganildi. Probatsiya guruhi nazoratidagi ijtimoiy ahvoli ogʻir hamda ehtiyojmand boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan, Arna boʻyi mahallasida yashovchi 1 nafar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan Toʻlqin ovulida yashovchi 1 nafar mahkumlarning oilalariga oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Masʼullar ularning farzandlarini ham eʼtibordan chetda qoldirmay, papka va oʻquv qurollarini sovgʻa qilishdi.

Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻlgan ushbu fuqarolar endilikda hayotda toʻgʻri yoʻldan adashmasliklarini, jamiyatga naf keltirishga harakat qilishlarini, farzandlariga toʻgʻri tarbiya berishlarini aytib, oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
I. Jabborberganov, tuman IIO probatsiya guruhi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶