BARAKALI XIRMON BUNYoDKORLARI
Tumanimizda yillik shartnomaviy rejalarini orttirib bajarib, elimiz “oq oltin” xirmonining kun sayin yuksalishiga munosib hissa qoʻshayotgan fermer xoʻjaliklari safi tabora kengayib bormoqda. Mana shunday moʻl hosilli fermer hoʻjaliklaridan biri “Oʻrta qaʼla” OFY hududidagi Rustam Otajonov boshqarayotgan “Boʻston” koʻp tarmoqli agrofirmasi va “Xoʻjaniyozov Otajon” fermer xoʻjaligidir. Mazkur xoʻjaliklar paxtakorlari Amudaryo paxta toʻqimachilik klasteri hisobiga 100 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini topshirib, marradan oshdilar.
Paxta dalalarida hosil hali moʻl. Rejaga qoʻshimcha yana 50 tonna “oq oltin” durdonalari yigʻib-terib olinib, yalpi xirmonni 150 tonnaga yetkazish imkoniyatlari mavjud. Paxtazorlarda 100 nafardan ortiq terimchilarning unumli mehnat qilayotganlarining oʻziyoq fikrimiz dalilidir. Dala boshida terimchilar uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratib berilganligi, terim surʼatining oshirilishiga imkon boʻlmoqda.
Qobul Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶