KUZNING SARBALAND “OQ OLTIN” XIRMONLARI KÖZNI QUVONTIRMOQDA
Kuz – ğalvir suvdan kötariladigan, dehqonlarning yil mobaynida dalalarda qilgan maşaqqatli mehnatlari sarhisob qilinadigan fasl. Ayni kunlarda yiğim-terim işlari davom etmoqda. Dalalarda yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay, yiğiştirib olişga intiliş tobora qizğin tus olmoqda. Boisi sönggi kunlar ob-havosi kuzakning quyoşli kunlari ğanimat ekanligidan dalolat berayotir.
Şunisi eʼtiborliki, joriy yilning köklami ança injiq kelganligiga qaramay, köp yillik tajribalariga tayangan dehqonlarimiz paxta dalalarida möl hosil yetiştirişga erişdilar. Yiğim-terim işlari uyuşqoqlik bilan taşkil etilganligi bois, yillik marradan oşgan fermer xöjaliklari soni kun sayin köpaymoqda.
Qangli ovulida faoliyat yuritayotgan “Aytimbetov Qurbonboy” fermer xöjaligida bu yil 51 gektar maydonga çigit ekilgan edi. Bir tekis unib çiqqan nihollarni 22 nafar ijaraçi öz vaqtida sifatli parvariş qilganligi, agrotexnik qoidalar asosida oziqlantirib, suğorganligi natijasida yuqori hosil yetiştirildi. Şu kungaça xöjalik dalalaridan 120 tonna hosil yiğiştirib olinib, yillik reja ortiği bilan uddalandi.
Xöjalik paxtaçilikdan taşqari 3 gektar boğ, 8 gektar buğdoy, 70 sotixlik baliqçilik köliga ega. Uşbu tarmoqlardan ham möl daromad olinayotganligi xöjalik işçilari turmuşi farovonlaşuviga xizmat qilmoqda.
Qipçoq ovulidagi “Örozboyev Dostonbek” fermer xöjaligida esa köklamda 25 gektar yerga “Sulton” hosildor paxta navi ekilgan edi. Şu kungaça xöjalik dalalaridan 70 tonnadan ziyod hosil yiğiştirib olindi va yillik reja ortiği bilan uddalandi. Ayni kunlarda xöjalikning 15 nafar ijaraçilari halol mehnatlari evaziga yetiştirilgan hosilni terib olişda davom etişmoqda.
Hali paxtalari oppoq çamanday bölib oçilib turgan dalalarda hosil juda möl.
Xöjalik raisi Ruslan Aytboyev işçilarga yetarli şaroit yaratib berişga alohida eʼtibor qaratganligi sababli iş unumi yanada ortmoqda. Xöjalik aʼzolari terimni kötarinki ruhda jadal tarzda davom ettirişmoqda va yetiştirgan hosilni nest-nobud qilmay yiğib olib, sarbaland xirmon yaratişga harakat qilişmoqda.
Hakimboy Allamberganov rahbarlik qilayotgan “Egamberganov Bunyodbek” fermer xöjaligi işçilarining ham kuzgi sarhisobda yuzlari yoruğ böldi. 45 gektar paxta maydonidan şu kungaça 110 tonnadan ziyod hosil yiğiştirib olinib, davlat xirmoniga topşirildi. Xöjalik işçilariga terim haqlari öz muddatida berib borilayotganligi iş surʼatini yanada oşirdi. Eʼtibor va rağbatdan ruhlangan işçilar mavsum oxirigaça rejadagidan ziyod, yuqori navli hosil yiğiştirib olib, köproq daromadga ega böliş uçun bor kuç-ğayratini işga solişmoqda.
Eʼtiborli jihati, bu yilgi mavsumda xöjaliklarda hosil yiğim-terimida majburiy mehnatga yöl qöyilmadi. Öquvçilar, öqituvçilar va korxona-taşkilotlar xodimlari haşarga çaqirilmay, dalalardagi möl hosil xöjalik işçilarining öz kuçlari bilan yiğib-terib oldilar. Ularning unumli işlaşlari uçun dala boşida yetarli şaroit yaratilib, har kuni issiq ovqat, çoy taşkil etilmoqda. Iş haqlari ham öz vaqtida hisob-kitob qilib borilmoqda. Bu kunlik terim surʼati yuqori bölişini taʼminlamoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶