VOYaGA YeTMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA TUMAN IDORALARARO KOMISSIYaSINING NAVBATDAGI YIGʻILIShI OʻTKAZILDI
Yurtimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini taʼminlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda bu yoʻnalishda masʼul boʻlgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan hamkorlikda ish olib boriladi.
Tuman hokimligida Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo Komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari M.Shermetov, komissiya masʼul kotibi, komissiya aʼzolari, IIB profilaktika inspektori va boshqalar ishtirok etdilar.
8-oktyabr kuni oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda tumandagi mahallalardan birida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikka doir ish muhokama qilinib, bu boʻyicha toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqildi.
Yigʻilishni komissiya raisi oʻrinbosari M.Shermetov kirish soʻzi bilan ochdi va ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.
Toʻplangan hujjatlarga koʻra, maktabning 10-sinf oʻquvchisi, voyaga yetmagan fuqaro tuman markazidagi yoʻllardan birida otasi nomidagi “Kobalt” rusumli avtomobilni ruxsatsiz boshqarib ketayotgan vaqtida QR IIV YHXB YPX xodimlari tomonidan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaro voyaga yetmasdan turib, otasi nomidagi “Kobalt” rusumli avtomobilni ruxsatsiz boshqarganligini, uni QR IIV YHHB YPX xodimlari ushlab olganligini, boshqa bunday holatlar takrorlanmasligini, qilgan ishidan pushaymonligini aytib tushuntirish xati bergan.
Yigʻilish davomida huquqbuzarning otasi soʻzga chiqib, bundan keyin oʻgʻlining nazorati bilan qattiq shugʻullanishini va maktabdagi darslarga muntazam ravishda yuborishini, bemahal, beruxsat hech qayerga yubormasligini aytdi.
M. Shermetov oʻz soʻzida shunday holatlarni sodir boʻlishida ota-onalar bilan bir qatorda oʻqituvchi va mahalla masʼullarining ham eʼtiborsizligi, yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda, tartib-intizomini nazorat qilishda, beparvolikka yoʻl qoʻyilayotganligiga toʻxtaldi. Shuningdek, ushbu holat boʻyicha farzandi voyaga yetmagan boʻlishiga qaramasdan, eʼtiborsizlik qilib, mazkur huquqbuzarlikni sodir etishiga yoʻl qoʻyganligi sababli, uning otasi ham Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda ayblanishini maʼlum qilib oʻtdi.
Kun tartibidagi masala boʻyicha masʼullar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olinib, komissiya aʼzolari ushbu holat boʻyicha huquqbuzarga qonuniy chora koʻrilishini lozim deb topdi.
Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olishda, eng avvalo, ularni nazoratsiz qoldirmaslik, boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishiini taʼminlashga eʼtibor qaratish kerak. Bu borada turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib borilish muhim ahamiyat kasb etadi.
J.Xolmurodov, tuman hokimligining Voyaga yetmaganlar
ishlari boʻyicha idoralararo Komissiyasi masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶