AMUDARYo TUMANIDA PAXTA YeTIŞTIRIŞ REJASI ORTIĞI BILAN BAJARILDI
Amudaryolik paxtakor va ğallakorlar, boğbon-u dehqonlar, pillakor hamda çorvadorlar özlarining fidoyi mehnatlari bilan qişloq xöjaligi taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqdalar. Bu yil ham mehnatsevar dehqonlarimiz erta bahordan çigit ekib, unib çiqqan nihollarni astoydil parvarişlab, yuqori hosil yetiştirişga, “oq oltin” xirmonini yuksaltirişga erişdilar. Hamjihatlikdagi mehnat evaziga paxtakorlarimiz bu yil ham respublikamizda birinçilardan bölib paxta yetiştiriş rejasini ortiği bilan bajardilar. Tumanimiz paxtakorlari 19-oktyabr kuni kontraktatsiya şartnomalarida körsatilgan 34 900 tonnadan ziyod paxta yiğib-terib olib, mehnat ğalabasiga erişdilar.
Eʼtiborli jihati, bu yil yetiştirilgan hosil töliği bilan tumanimizda taşkil qilingan klaster korxonasi tomonidan harid qilinib, şu tizimda töliq qayta işlanadigan böldi. Klaster tizimi nafaqat paxtaçilik, şuningdek, qişloq xöjaligining barça yönalişlarida eng samarali va foydali tizim bölib, undan mahsulot yetiştiruvçilar – dehqon va fermerlardan tortib, qayta işlovçilargaça barça birdek manfaat körmoqda.
Qişloq xöjaligi sohasida klaster tizimining joriy qilinişi boşqa sohalarning keng taraqqiy etişiga zamin yaratmoqda. Ilgari hokimiyat rahbarlari butun diqqat-eʼtiborini, bor kuç-salohiyatini agrar sohaga qaratgan bölsa, klaster tizimi joriy qilinişi bilan hokimlar öz vaqtlarining öndan bir qisminigina qişloq xöjaligiga, qolgan barça qismini ijtimoiy soha, taʼlim, madaniyat, kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlikni rivojlantirişga sarflamoqdalar. Şu orqali mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qiliş tizimiga bosqiçma-bosqiç ötilmoqda. Fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetiştirişda erkin bölib, ular özlari kutganlaridek manfaat körişmoqda, hokimlarning iş uslublari tubdan özgarib, agrar sohada davlat aralaşuvi keskin kamaytirilişi bilan birga reja ortidan quviş va majburiy mehnatga jalb qiliş amaliyotiga butunlay çek qöyilmoqda.
Bu yil erta bahordan 362 ta fermer xöjaliklarimiz tomonidan 15 ming 250 gektar maydonga çigit ekilgan edi. Tekis unib çiqqan ğöza nihollari agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilinib, möl hosilga zamin hozirlandi.
Paxta yiğim-terimi mavsumiga ham puxta tayyorgarlik körildi. Şu maqsadda 290 ta terim otryadlari taşkil qilinib, ularga jami 23 ming 266 nafar terimçilar jalb qilindi. Şundan 9283 nafarini fermer xöjaligi işçilari taşkil etgan bölsa, qolgan 13 ming 983 nafari uyuşmagan aholi bölib, ular şartnoma asosida paxta terimida iştirok etdilar. Terimçilar uçun barça şaroitlar yaratilib, aholini majburiy mehnatga jalb qilmaslik böyiça nazorat tadbirlari muntazam olib borildi.
Bugungi yuksak xirmonni bunyod qilişda Qiliçboy, Örtaqalʼa, Toşyop, Oq oltin, Namuna kabi ovul va mahallalardagi fermer höjaliklar munosib hissa qöşdilar. Jumladan, Oq oltin ovulidagi “Gavhar Yakubova”, Toşyop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” hamda Dörman ovulidagi “Pirnazarov Töraboy”, Örta qalʼa ovulidagi “Ermonov Örozboy” fermer xöjaliklari paxta rejalarini eng oldingilar qatorida ortiği bilan bajardilar.
Fursatdan foydalanib, bugungi mehnat zafariga erişişda jonkuyarlik körsatgan dehqon va fermerlarni, pudratçi va haşarçilarni, qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislarini erişilgan mehnat ğalabasi bilan tabriklayman!
Sultonboy Yöldaşev, Amudaryo tumani hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶