12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:55
Maqolalar 👁 360

MAʼRIFAT NURIDAN NURAFŞON XONADON

MAʼRIFAT NURIDAN NURAFŞON XONADON

Ustoz murabbiy, islomşunos Qodirbergan hoji Jumamurodovning 2012-yilda çop etilgan tumanimiz xalq taʼlimi sohasi faxriylari haqida yozgan “Amudaryolik ziyokorlar” nomli kitobini öqib, ulkan taassurotlar olgan, sohaning  ilk vakillari hayotiga doir maʼlumotlar könglimda öçmas iz qoldirgan edi. Ayniqsa, Bosuv mahallasida yaşab ötgan, butun hayotini 26-sonli maktabda öqituvçilik qilib, bolalarni savodli qilişga bağişlagan Şomurod Davlatov haqidagi maqola juda taʼsirlantirgan edi. Yozilişiça, u kişi maktabga kelgan bolalarga boşlanğiç taʼlim beriş bilan çeklanmay, kelmagan bolalarni  izlab uylariga borib, ota-onasi bilan gaplaşib, bolalarni savodli qiliş zaruratini tuşuntirib, maktabga jalb qilganlar. Hatto oyoğini bosa olmaydigan xasta bir bolani otasi “şu mayib bola öqib kim bölardi”, deganiga qaramay, har kuni orqasida opiçlab olib ketib, öqitib yana uyiga opiçib olib kelib qöygan ekanlar. Oradan kunlar ötib, bola öziga qaratilgan eʼtibordan köngli kötarilibmi yo sinfdoş döstlari qatori harakatlanib, heç kimdan kam bölmay yuriş istagi uyğonganmi, yura boşlagan, keyinçalik butunlay soğayib, oliy maʼlumotli mutaxassis bölib yetişgan ekan.

Ustoz murabbiy bu holatni kitobida “yaxşilikdan yaxşilik unib çiqaveradi”, deya taʼriflanganlar.

“Yaxşilikdan yaxşilik unib çiqaveradi!” Ayniqsa, bu taʼlim sohasida, hali norasida bolalarga ilk saboq berib, harf tanitib ilmli qiliş yölidagi xayrli işlar bölsa... Axir hayotimizdagi jamiki yuksalişlar, yangilanişlar, ezgu işlarning asosi – ilm, maʼrifat ekanligi barçaga birdek ayon!

Hozirgi kunda 2008-yilda 93 yoşida vafot etgan öşa fidoyi muallimning oila qörğonini öğli Rajabboy Şomurodov va kelini Aqljon Şomurodovalar halol mehnatlari ila ziynatlab yaşaşmoqda. Biri-biridan oqil 7 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazib, el qatoriga qöşganlar.

Asli ilm qadrlangan, hayotda insonning öz örnini topişi uçun eng muhim ehtiyoj  sifatida farzandlar köngliga singdirilgan oilaning çiroğboni Rajabboy Şomurodov mana 70 yoşga qadam qöydi. Biroq umr böyi bolalarga dars berib çarçadim demaydi, mana şunday maşaqqatli mehnat bilan keçgan umrining har bir lahzasini könglida bir şirin orziqiş bilan eslaydi.

–  Uyda öğillarim, qizlarimga doim darslaringizni puxta özlaştiring, sinfda biron narsani sörasam – bilmay turmang, bolalar oldida meni uyaltirmang, deb uqtirardim. Çarçab kelsam ham har kuni uy vazifalarini bajarib bölgaç, birma-bir nazoratdan ötkazardim. Axir öz bolalarim söraganimni bilmay tursa, boşqalar undan ham badtar bölib ketar edi, –  deya eslaydi Rajabboy aka.

Farzandlariga ham namunali ota, ham talabçan ustoz böla olgan Rajabboy Şomurodov, ayoli Aqljon Şomurodovalarga Yaratgan inʼom etgan beş öğil, ikki  qizning beş nafari  ota-ona saʼy-harakatlari, özlarining intilişlari natijasida oliy maʼlumotli öqituvçilar bölib yetişdi. Oilaning tönğiçi Yalğaşbay – 26-sonli maktab direktori, Toşkent Davlat Universitetining matematika fakultetini tugatgan. Öqituvçilik faoliyatini boşlaganiga 28-yil tölgan bölsa, şuning 23-yili rahbarlik lavozimlariga töğri keladi. Akrom –  “Ruslan-Sabrina” fermer xöjaligi iş yurituvçisi, Akbarali –  26-sonli, Barno – 33-sonli maktabda, Sanobar – 74-sonli maktabda, Azamat – 26-sonli maktabda öqituvçi, Anvar – 26-sonli maktabda işçi. Hammasi uyli-joyli, öz oila qörğoniga ega.

53 yillik turmuşlarida ularni bugungiday kunlarga yetkaziş uçun tinib-tinçimagan Rajabboy aka bilan Aqljon opaning hozir ham böş vaqtlari bölmaydi. Ota hovlining sakkiz sotixlik tomorqa yeri ularning eng köp vaqtini ötkazadigan manzili. Tonggi ibodatdan söng ular şu yerda erta bahordan to keç kuzgaça mehnat qilib, rözğoriga kerakli poliz, sabzavot mahsulotlarini özlari yetiştiradilar.

Ha, ona zaminimiz saxovatli. Rajabboy aka, Aqljon opalar buni yaxşi his qilişadi. Farzandlarni birin-ketin oliygohlarda öqitiş, uyli-joyli qilişda şugina tomorqa yerdan ungan daromad ham juda asqotgan. Ular tomorqani oila rizqi unadigan va yana farzandlar ilk mehnat könikmasini oladigan tarbiya maskani deb hisoblaşadi.

Ularning, farzandlarining oilalarida bekorçi odamning özi yöq, kelinlar ham öqituvçi, hisobçi. Biroq işdan kelib, uyida ham vaqtini behuda ötkazişmaydi, rözğor taşvişlaridan böşagaç, qaynonasi atrofida yiğilişib, quroq qurab, körpaçalar qavişadi, özlariga kerakli kiyimlarni özlari tikişadi, paypoqlarini ham özlari töqib kiyişar ekan. Bölak çiqqan tört öğilning ham tomorqasida mevali daraxtlar hosil berib turibdi, çorva, parranda boqib ham qöşimça daromad topişadi. Şuning uçun ham xonadonlari obod, turmuşlari fayzli.

Hayotda heç bir niyatga mehnatsiz erişib bölmaydi.

– Bolalarimizni öqitişga, ilmli, yurtimizga xizmat qiladigan insonlar qilib kamolga yetkazişga intildik, yugurib-yelib, topganimizni şu yölda sarfladik. Birin-ketin öqitiş oson bölgani yöq. Mana mehnatlarimizning rohatini körib ötiribmiz.

Aqljon ona “orzularimiz uşaldi” deya quvonib sözlayotgan bölsalar-da, hali niyatlari ham köp. Hozir ularning 18 nafar nevaralarining 2 nafari öqituvçi bölib faoliyatini boşlaşdi, 5 nafari talaba ekan, bu yil yana ikki nafari oliygohlarga kirib, 7 nafar bölibdi. Yana örta maxsus maʼlumot bilan işlayotgan, oilaning kenjatoy farzandi, oilali Sanobar Çirçiq pedagogika institutining sirtqi bölimiga öqişga kiribdi.

– Ötgan yillarda ham harakat qilgandi, biroq töplagan bali kamlik qilgandi. Bu yil qizimning talaba bölganiga judayam quvondim. Suyunçisiga bir pensiyamni kontrakt şartnomasiga berib yubordim, –deydi kulib Rajabboy aka.

Joriy yil ularning oilasida bundan boşqada quvonçli voqealar köp böldi: törtinçi öğil –  Akbarali kasb faoliyatida erişgan yutuqlari tufayli “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Dunyoi-dun yaralibdiki, hayotda har kim öz falsafasi bilan yaşaydi. Baxt-saodatni ham har kim öz qariçi bilan ölçaydi, kimdir topganiga, kimdir soçganiga, kimdir birovning  könglini oğritganiga quvonadi. Biroq jamiyatda tom maʼnoda maʼrifatli, boşqalarga ham maʼrifat ulaşa oladigan odamlar doim qadrlanadi. Şu boisdan ham Bosuv mahallasida Rajabboy aka, Aqljon opaning obrö-eʼtibori baland, qöni-qöşnilar oilalari ham tinç, ahil bölişi uçun maslahat, yöl-yöriq berib ötirişadi.

Men sözim avvalida nogiron bolani yelkasida kötarib maktabga olib borib öqitib, yetuk mutaxassis bölib yetişiga sababçi bölgan 26-sonli maktab öqituvçisi Şomurod Davlatov haqida aytgan edim. Ana şunday maʼrifatli, fidoyi insonning nevarasi Yolğoşboy Şomurodov mana sönggi ön yildan beri uşbu taʼlim maskaniga rahbarlik qilib keladi. Maktab unga avvalo bobosidan ilk savod olgan, mustaqil hayotga uçirma bölgan muassasasi bölgani uçun, otasi, bobosi izlari borligi uçun ham aziz. Ularga munosib böliş masʼuliyatini esa har doim his qilib turadi.

Maktabda bölganimizda uning iş xonasi bir burçagida artib tozalangan, biroq eskiligi şundoqqina körinib turgan stol, stulga közim tuşdi. Odatda maktab direktorlari xonasi zamonaviy mebellar bilan bezatilib turardi.

– Bilasizmi, – mening könglimdan ötganlarini xuddi sezganday biroz önğaysizlanib gap boşladi Yolğoş Şomurodov. – Bu stolda ötirib aziz ustozimiz Ismoil aka Xöjamurodov 35-yil şu maktabga rahbarlik qilganlar. U kişi şunday talabçan, qatʼiyatli, ğamxör ediki, hamma öqituvçilar, öquvçilar juda hurmat qilardi. Olimpiadalarda örin  olgan bolalarni bağriga bosib quvonganlarida hammamizning ham ğolib bölgimiz kelib ketardi. U kişiday böliş qiyin. Ustoz ötirgan stol, stul menga ustoz ibrati, xotirasi hurmati sifatida tursin, deyman.

Direktor sarğayib, böyoqlari köçib ketgan stol, stulni qöllari bilan silab sözlayapti-yu, uning  ham köngli bobosi, otasi kabi maʼrifat nuridan yolqinlanib, bu nur bilan atrofidagilarni ham bahramand etmoq istagi kuçli ekanligini  teran his qildim. Axir, ustozga ehtirom ham tarbiya-da!

Ha, Rajabboy Şomurodov, farzandlari qörğonini obod, fayzli, saodatli maskanga aylantirgan ham teran tomirlardan oziqlangan maʼrifat-maʼnaviyat bölsa, ajab emas. Tilagimiz – yurtimizda ana şunday ibratli oilalar köpayaversin!

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026