TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA YILNING ShU KUNIGAChA 42 MINGDAN ORTIQ DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATILDI
Hozirgi karantin sharoitida aholining sogʻligʻini va tinchligini taʼminlash maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazida qulay sharoitlar yaratilgan. Markazda fuqarolar oraliq masofani saqlagan hamda antiseptik vositalardan foydalangan holda qabul qilinmoqda.
Koronavirus, karantin sabab, fuqarolar koʻplab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun masofadan turib murojaat qilishga odatlandilar. Lekin ayrim kechiktirib boʻlmaydigan xizmat turlari borki, uni markazga kelmay turib amalga oshirib boʻlmaydi. Ana shunday pallalarda oʻz jonini xatarga qoʻyib, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan davlat xizmatlari markazi xodimlarining koʻrsatayotgan xizmatlarini har qancha eʼtirof etsak arziydi.
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat xizmatlari markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilganiga koʻp vaqt boʻlmay, tumanimizda ham ushbu markaz uchun har jihatda qulay boʻlgan zamonaviy bino qurilib foydalanishga topshirilgan edi. Tuman Davlat xizmatlari markazida bugunga kelib, aholiga 100 dan ortiq turdagi davlat xizmati koʻrsatib kelinmoqda.

Markazning kirish qismida joylashtirilgan elektron navbat apparati odamlarning bir joyda koʻplab toʻplanib qolishi, tartibsizliklar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qilmoqda. Chunki pandemiya davrida insonlarning xavfsizligi va sogʻligʻini asrash juda muhim.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yil boshidan 42 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, shu jumladan, 800dan ziyod tadbirkorlik subektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, 150 ga yaqin tadbirkorlik subʼektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Bundan tashqari aholiga qulay muhit yaratish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, joriy yil boshidan 1700ga yaqin davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatilgan boʻlib, 40 ga yaqin tadbirkorlik subʼektlari sayyor tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Xalqimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida markaz haftaning shanba kunida ham ish faoliyatini davom ettirishi tufayli fuqarolarning shu kuni ham davlat xizmatlaridan foydalanishiga imkon yaratildi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari soni kun sayin oshib bormoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy sohadagi davlat xizmatlaridan foydalanishini yanada takomillashtirish maqsadida ularning pensiya xisobida turishi yoki turmasligi, pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnomalarni berish yoʻlga qoʻyildi.
Markaz tomonidan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasida navbatga qoʻyish, koʻchmas mulk sohasida kadastr xizmatlari, arxitektura va qurilish sohasidagi, ijtimoiy soha boʻyicha pensiya xisobida turishi yoki turmasligi, pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnomalar va shu kabi boshqa turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan buningdek chora-tadbirlar fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishlarida har jihatdan qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶