Kuzgi-qişki şör yuvişga bağişlangan körgazmali seminar ötkazildi
Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uçun 13 ming gektar maydonda kuzgi şudgorlaşni ötkaziş, bu muhim tadbirni 25-oktyabrda boşlab, 32 kun davomida tamomlaş belgilangan. Buning uçun 40 ta yuqori unumli, 41 ta oddiy surim texnikalaridan foydalaniladi. Şuningdek, surim oldidan 15 ta lazerli yer tekislagiçlar yordamida 1035 gektar maydonda tekislaş işlari olib borildi. Çunki yer tekis bölsa, öğit, suv bir tekis taraladi va unumdorligi ortadi.
Tumanimiz böyiça kuz-qiş davrida 2021-yil hosili uçun 740 gektar kuçli şörlangan, 8614 gektar örtaça şörlangan 6550 gektar kam şörlangan maydonlarda şör yuviş işlari rejalaştirilgan.
Şubhasiz şudgorlaş va şör yuvişdek agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida, sifatli ötkazilişi kelgusi yilda möl qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirilişiga zamin yaratadi.
Uşbu tadbirlarning ado etilişi, aholi tomorqalaridan foydalaniş ahvoli bilan tanişiş maqsadida tumanimizga taşrif buyurgan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Ğaniyev, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov, Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv masalalari böyiça örinbosari Sobir Xöjametov, Qoraqalpoğiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Quvonçboy Nurimbetov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Jalğas Uzoqovlar şu yil 4-noyabr kuni fermer xöjaliklarida olib borilayotgan işlar, dala mehnatkaşlariga yaratilayotgan şaroitlar bilan tanişdilar.
Masʼullar iştirokida Kuyuk köpir ovulidagi “Sardor suvçi Sobirov” fermer xöjaligining dala maydonida kuz-qiş mavsumida şör yuvişni sifatli ötkaziş, suv isrofgarçiligining oldini oliş, ekin maydonlarini bir tekis suvga qondirib suğorişga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi.

Körgazmali seminarga tuman hokimi va örinbosarlari, qişloq xöjaligi bölimi masʼullari, fermer xöjaliklari rahbarlari, muqobil maşina traktor parklari raislari iştirok etdilar.
Tadbirda dastlab tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov, Qoraqalpoğiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Quvonçboy Nurimbetovlar kuz-qişki şör yuvişni qisqa kunlarda va sifatli ötkaziş yöl-yöriqlari xususida maʼruzalar qildilar. Şundan söng, dalaga suv oçildi.
Masʼullar şör yuviş meʼyorlari va unga amal qilişning afzalliklari xususida tavsiya va körsatmalar berdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶