Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash
Joriy yilning noyabr oyida «Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» gʻoyasi ostida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Tumanimizda ham ushbu shior asosida tashkil qilinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tobora qizgʻin tus olmoqda.
Madaniyat, sanʼat, adabiyot, taʼlim namoyandalaridan iborat targʻibot guruhlari tumanimizdagi mahallalarda boʻlib, aholini yurtimizda va dunyoda boʻlayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilishmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishmoqda hamda xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targʻib qilishmoqda.
16-noyabr kuni Choykoʻl madaniyat markazida, Toʻlqin nomli mahalla guzari binosida, Doʻstlik nomli mahalladagi Amudaryo muhandislik texnikumida hamda Daryo boʻyi mahallasidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazilgan tadbirlarda mahallalardagi aholi vakillari katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktab binosida, Qipchoq ovulidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida, Amir Temur ovulidagi 4-sonli maktabda hamda Uyshin madaniyat markazida tashkil qilingan targʻibot uchrashuvlarida, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan aholi vakillari hamda yoshlar keng jalb qilindi.
Aytish kerakki, mahallalarda oʻtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlariga aholi, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta eʼtibor qaratish, shuningdek, islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga taʼsirini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda adabiyot, sanʼat, madaniyat vakillari tomonidan sheʼrlar kuy va qoʻshiqlar ijro etilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarida yurtdoshlarimizga yangi Oʻzbekistonning – yangicha yuksalish yoʻlida dadil odimlayotgani, Oʻzbekiston buyuk allomalar va mutafakkirlar yurti ekani, kelgusida, albatta, ajdodlarga munosib avlodlar shu zaminda kamolga yetishi, erishilayotgan har bir yuqori natija xalqimizning mehnati hamda jasorati tufayli qoʻlga kiritilayotgani haqida soʻz yuritilmoqda.
Targʻibot tadbirlari tumanimizning ovul va mahallalarida davom etmoqda.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶