9-APREL – BUYuK BOBOKALONIMIZ, SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN
KUÇ
- ADOLATDADIR
"… Buyuk bobolarimizning maʼnaviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron
Amir Temur haqida alohida töxtalişimiz tabiiydir. Çunki tengsiz azmu şijoat,
mardlik va donişmandlik ramzi bölgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib,
davlatçilik borasida özidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan,
madaniyat, bunyodkorlik, din va maʼnaviyat rivojiga keng yöl oçdi.
Şaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal öqir ekanman, xuddiki özimga
qandaydir ruhiy kuç-quvvat topgandek bölaman. Öz iş faoliyatimda bu kitobga
takror-takror murojaat qilib, undagi heç qaçon eskirmaydigan, inson maʼnaviyati
uçun bugun ham oziq böladigan hikmatli fikrlarning qançalik hayotiy ekaniga köp
bor işonç hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda körilgankim, azmi qatʼiy,
tadbirkor, huşyor, mard va şijoatli bir kişi mingta tadbirsiz, loqayd kişidan
yaxşiroqdir», degan sözlar bugungi kunda ham maʼnaviy jihatdan naqadar dolzarb
ahamiyatga ega ekani barçamizga ayon.
Amir Temur bobomizning bunday çuqur maʼnoli hikmatlari xalqimizda qadimdan
mavjud bölgan «Bilagi zör birni, bilimi zör mingni yiqar» degan maqolga ğoyat
hamohang bölib, insonni doimo aql-idrok, adolat va yuksak maʼnaviyat asosida
yaşaşga daʼvat etişi bilan eʼtiborlidir”.
Islom Karimov, «Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuç» asaridan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶