ISLOHOTLARNING MUHIM POYDEVORI
8-dekabr – xalqimiz uçun mustaqil taraqqiyot yölini belgilab, milliy davlatçilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etiş, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurişning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biridir.
Konstitutsiya ötgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanişida asosiy dasturilamal böldi.
“Özbekiston Respublikasida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi sözsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq iş köradilar”. Konstitutsiyamizning 15-moddasida belgilangan uşbu qoidaning hayotiy ifodasini yurtimizda yaşayotgan har bir fuqaro öz turmuş tarzi, iş faoliyatida körişi mumkin. Oilaviy hayotda böladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, öqiş va iş faoliyatidami – barçasi Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi “mumkin” yoki “mumkin emas” degan sözlar ham şu qonunlardan kelib çiqadi. Aynan şu qoidalarni özlaştiriş bilan şaxsda huquqiy madaniyat şakllanadi, qonunçilik haqida tuşunça paydo böladi.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan norma va printsiplar demokratik huquqiy davlat quriş, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaşda muhim dasturulamal bölib xizmat qilmoqda.
A.Botirov, Amudaryo tumani prokurori katta yordamçisi, 1-darajali huquqşunos.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶