JAMIYaT RIVOJI HAMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TAʼMINLOVÇI ASOSIY QONUN
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga böysunişlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralaşişga yöl qöyilmasligi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi kabi muhim normalar mustahkamlab
qöyilgan.
Taʼkidlaş joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga böysungan holda iş yuritişlari Konstitutsiya darajasida kafolatlanişining asosiy sabablaridan biri – sud hokimiyatiga boşqa heç qaysi organ vakolatiga taalluqli bölmagan huquq –odil sudlovni amalga oşiriş huquqi berilganligidir.
Hozirgi kunga qadar jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qiliş madaniyatini şakllantiriş, şu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltiriş, buning uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yölida oğişmay xizmat qiladigan idoralarga aylantiriş yölida muhim qadamlar qöyildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni bilan 2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat protsessual, fuqarolik protsessual va boşqa qonun hujjatlariga odil sudlov samaradorligini oşirişga qaratilgan muhim özgartirişlar kiritilgani şular jumlasidandir. Jinoyat sodir etişda gumon qilingan şaxslarni uşlab turiş muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa oliş va uy qamoği tarzidagi ehtiyot çoralarini qöllaşning, şuningdek, jinoyat işlari böyiça dastlabki tergovning eng köp muddatlari 1-yildan 7 oyga qisqartirildi. Şuningdek, jinoyat işini qöşimça tergov yuritiş uçun qaytariş instituti bekor qilindi.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksi, Iqtisodiy protsessual Kodeks va Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi Kodeksi 2018-yilning yanvar oyida tasdiqlandi va 2018-yil 1-apreldan kuçga kirdi.
2019-yil 14-yanvardagi «Jabrlanuvçilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinişi jabrlanuvçi, guvoh va jinoyat protsessi boşqa iştirokçilarining hayoti, soğligi hamda mol-mulkini himoya qilişning qonuniy kafolatlarini belgilab berdi.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oşiriş, sudyalarning çinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib iş yuritişini taʼminlaşda mamlakatimiz Konstitutsiyasi va şu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶