Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasining Amudaryo tuman bölimi tomonidan ovul va mahallalarda ijtimoiy himoyaga doir yangi tizim tartib-qoidalariga bağişlangan tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda
Keksa avlod vakillariga bölgan eʼtibor, ularni har tomonlama ijtimoiy va iqtisodiy qöllab-quvvatlaş doimo davlatimiz diqqat markazida. Bu borada Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Amudaryo tuman bölimida samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda yoşga doir pensiya oluvçilar 17132 nafar, nogironlik böyiça pensiya oluvçilar 2506 nafar, boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilar 994 nafar, pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan qariyalarga va boquvçisini yöqotganlik uçun ijtimoiy nafaqalar oluvçilar 2463 nafarni taşkil etdi.
Mamlakatimizda aholiga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oşiriş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qiliş tartib-taomillari bosqiçma-bosqiç raqamlaştirilmoqda.
Xususan, jahonda bölib ötayotgan koronavirus pandemiyasi davrida aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlaş va ularni davlat tomonidan manzilli qöllab-quvvatlaşning şaffof va samarali tizimi joriy etilmoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etişning yagona tizimini yaratiş maqsadida mamlakatimizda 2020-yilning 1-sentyabridan boşlab bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaşni körib çiqiş va belgilaş tartib-taomillari «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Bunda «Ijtiomiy himoya yagona restri» axborot tizimi egasi va foydalanuvçisi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi hisoblanadi.
Aholini ijtiomiy himoya qiliş borasida örnatilgan tizim tartib-taomillari va qoidalarini fuqarolar yiğinlari masʼul xodimlariga keng tarğib qiliş maqsadida Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi xodimlari ovul, mahalla fuqarolar yiğinlariga çiqmoqdalar.
Şu yilning 10-dekabrida bölim boşliği örinbosari Zokirjon Xalilayev, bölim mutaxassisi Sarvar Komiljonovlar Manğit şahridagi Durunki mahalla fuqarolar yiğini masʼul xodimlariga yangi tizim böyiça tarğibot-tuşuntiriş işlari olib bordilar. Taʼkidlanganidek, Yagona resstr uçun himoyaga muhtoj oila aʼzolarining pasporti, tuğilganlik töğrisida guvohnoma, nikohni qayd etiş guvohnomasi mahalla fuqarolar yiğinlariga taqdim etiladi, uşbu organ uşbu hujjatlarni qabul qilmasligi mumkin emas. Ariza taqdim etilgaç, bu hujjatlardagi maʼlumotlar Yagona resstrga kiritiladi. Oilaning ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki yöqligini aniqlaş uçun zarur böladigan boşqa maʼlumotlar Yagona reyestr orqali tegişli idoralardan avtomatik tarzda elektron ravişda olinadi. Idoralardan olingan maʼlumotlar asosida qonunçilikdan kelib çiqib, yagona reyestr heç bir inson omili iştirokisiz arizaçi murojaati böyiça qaror çiqaradi va bu haqda arizaçi yoki uning oila aʼzolariga sms xabar jönatiladi.
Tarğibot tadbirlarida masʼullar yangi tizim afzalliklarini töla tuşuntirib berdilar va mahalla fuqarolari yiğiniga ijtimoiy yordam sörab murojaat qilganlarga bu haqda batafsil tuşuntirişlari lozimligini taʼkidladilar.
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman bölimi xodimlari tumanimizning barça ovul va mahallalarida ham ana şunday tarğibot-tuşuntiriş işlarini olib borişmoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶