17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 08:44
Jamiyat 👁 136

HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI XODIMLARI OʻQUVChI-YoShLAR BILAN UChRAShDI

HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI XODIMLARI OʻQUVChI-YoShLAR BILAN UChRAShDI

Tumanimizdagi 16-sonli umumtaʼlim maktabida 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga  qarshi kurashish kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar xodimlari va oʻquvchi-yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlarga bu haqda batafsil tushunchalar va maʼlumotlar berildi. Sana munosabati  bilan oʻtkazilgan uchrashuv tadbirida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, IIB boshligʻi oʻrinbosari Nurbek Kamolov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Oybek Begimovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv tadbirini xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Begimov ochib, uchrashuv ishtirokchilarini kun tartibida koʻrilayotgan masala bilan tanishtirib oʻtdi va 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikadagi Merida shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konventsiya imzolanganligi, ayni paytga qadar ushbu konventsiyaga 172 davlat qoʻshilgani, 2003-yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun xalqaro Korruptsiyaga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilinganligi va 2004-yildan beri ushbu sana dunyo miqyosida keng nishonlanib kelinayotgani haqida oʻquvchi-yoshlarga batafsil tushunchalar berib oʻtdi.

Shuningdek, Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016-yilda Korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingani haqida aytib oʻtdi. Shuningdek “Sudʼyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korruptsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, mamlakatimizda ham korruptsiyaga qarshi kurashish borasida samarali ishlar olib borilayotganini taʼkidladi.

Tuman IIB boshligʻining oʻrinbosari Nurbek Kamolov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning oldini olish choralari haqida soʻz yuritib, bu borada tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtaldi.

Oʻz navbatida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, takliflarini bildirdilar.

Oʻquvchi-yoshlar tomonidan berilgan savollarga masʼullar batafsil javob berdilar. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar boʻyicha ham oʻz fikrlarini bayon qildilar.

Uchrashuv yakunida maktab oʻquvchi-yoshlariga kitoblar sovgʻa qilindi. Maktab direktori Ravshanoy Oʻrozboyeva korruptsiyaga qarshi kurashish – jamiyatimizni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidlab, bu borada oʻquvchi-yoshlarga keng tushunchalar berganliklari uchun uchrashuv mehmonlariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv maktab oʻquvchi-yoshlarida katta taassurotlar qoldirdi. Shu bilan birga, korruptsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019