28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Siyosat 👁 296

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASI DEPUTATLARI SAYLOVChILARI BILAN UChRAShDI

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASI DEPUTATLARI SAYLOVChILARI BILAN UChRAShDI

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 4-Amudaryo saylov okrugidan saylangan deputat Zumrad Bektova, 1-Nukus saylov okrugidan saylangan deputat Ruslan Jumamurodovlar saylovchilar bilan uchrashib, yuzma-yuz muloqot qilish, hayotidagi muammolarini oʻrganib, turmushi sifatini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida tumanimizga tashrif buyurdilar.

Dastlabki uchrashuv 17-dekabr kuni 82-sonli maktabning faollar zalida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yigʻilishini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq 15-20-dekabr kunlari deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuv davri qilib belgilanganligini, shunga muvofiq deputatlar Zumrad Bekatova, Ruslan Jumamurodovlar ham oʻz saylovchilari bilan uchrashish, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat faoliyati, siyosiy partiyalar fraktsiyalarining  faoliyati, saylovoldi dasturlarida koʻtarilgan masalalarning bajarilish holati yuzasidan aholini xabardor qilish uchun tumanimizga tashrif buyurganini maʼlum qildi.

Uchrashuv yigʻilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari soʻzga chiqib, quyi palataning joriy yildagi faoliyati, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, fuqarolar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining mustahkam kafolatini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida batafsil maʼruza qildilar.

Ommaviy uchrashuvdan soʻng, deputatlar Zumrad Bekatova, Ruslan Jumamurodovlar saylovchilar bilan yakka qabul ham oʻtkazib, murojaatlarini tingladilar.

Shunisi eʼtiborliki, uchrashuv yigʻilishida  bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, ayrimlari tegishli korxona-tashkilotlarga koʻrib chiqish va hal etish yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 4-Amudaryo saylov okrugidan saylangan deputat Zumrad Bekatova Qilichboy ovulidagi saylovchilari bilan ham uchrashdi. Uchrashuv Qilichboy Madaniyat markazida boʻlib oʻtdi va uni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Deputat Zumrad Bekatova Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Xususan, Qonunchilik palatasi pandemiya sharoitida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash va himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan qonunlarni qabul qilishni davom ettirdi. Shunday qonunlarning ichida “propiska” masalasiga taalluqli qonun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu qonun qabul qilinishi munosabati bilan fuqarolarining poytaxt mintaqasida doimiy roʻyxatga olish tartib-taomillari liberallashtirildi hamda ularning erkin koʻchib yurish huquqlari kafolatlari oshirildi. Er-xotinga ular nikohdan oʻtgan kunning oʻzida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga qoʻyish huquqi berildi, “propiska” soʻzining oʻrniga “roʻyxatga olish” soʻzi amaliyotga kiritildi.

Sud-huquq tizimini yanada isloh etish ishlari davom ettirilib, protsessual kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu oʻzgarishlar jamiyatning odil sudlovga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro standartlar normalarini milliy qonunchilikka joriy qilishga qaratilganligi taʼkidlandi. Saylovchilar deputatlarga Amudaryo tumaniga ham ekologik koeffitsent qoʻshish lozimligi, ayollarning pensiyaga chiqish yoshini qisqartirish, maktablarda rus tilini oʻqitishga eʼtiborni kuchaytirish boʻyicha takliflar bildirdilar.

Uchrashuv yigʻilishida deputatga yoʻllarni taʼmirlash, internet aloqasini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash yuzasidan murojaatlar qilindi.

Uchrashuv jonli muloqot va samimiy ruhda  oʻtdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026