17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 08:24
Jamiyat 👁 26,134

AMUDARYo USTIDA AVTOMOBIL VA TEMIR YOʻL KOʻPRIGINING QURILIShI BOShLANDI

AMUDARYo USTIDA AVTOMOBIL VA TEMIR YOʻL KOʻPRIGINING QURILIShI BOShLANDI

Yoʻllar va koʻpriklar ellarni ellarga, dillarni dillarga bogʻlovchi vosita sanaladi. Shuning uchun ham xalqimizda azaldan koʻprik bunyod qilish, yoʻl qurib, odamlarning uzogʻini yaqin qilishdek xayrli ish katta savob sanaladi.

Amudaryo ustiga oʻrnatilgan ponton koʻprigi ham salkam 40-yildan buyon xalqimizning uzogʻini yaqin qilib kelmoqda. Uzunligi 305 metr boʻlgan hozirgi ponton koʻprigi 1936-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, 1982-yilda Amudaryo ustiga oʻrnatilgan. Yuk koʻtarish qobiliyati 10 tonnani tashkil qilib, 32 ta pontondan iborat boʻlgan mazkur koʻprik orqali yiliga 600 ming tonnadan ortiq yuk tashiladi. Har yili 3 milliondan ortiq aholi, 1 millionga yaqin avtotransport vositalari mazkur koʻprikdan foydalanadi. Bu koʻprik Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy aloqa vositasi boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib mazkur ponton koʻprigi ancha eskirib qolgan edi. Shu sababli koʻprik yil davomida bir necha marta ishdan chiqib qolar, qishning qahraton kunlarida esa muz tiqilib, favqulodda holat sodir boʻlishining oldini olish maqsadida faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilar edi. Natijada yoʻlovchilar va avtotransport vositalari daryoning narigi qirgʻogʻiga barja orqali oʻtkazilar edi. Koʻprik yuk koʻtarish quvvatining pastligi sababli mintaqaning ehtiyojlari uchun kerakli boʻlgan xalq xoʻjaligi yuklarini tashish va amudaryolik tadbirkorlarning mahsulotlarini eksport qilish uchun 160 km masofaga qoʻshimcha yurishga toʻgʻri kelar edi. Ushbu ponton koʻprigi oʻrniga zamonaviy temir-beton konstruktsiyali koʻprik qurilishi hudud aholisining eng katta orzularidan biri edi.

Muhtaram Prezidentimiz yaqinda Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida mazkur eski koʻprik oʻrniga nafaqat avtomobil, balki temir yoʻl transporti uchun ham moʻljallangan zamonaviy koʻprik qurish boʻyicha koʻrsatma bergani mazkur hududda yashovchi aholining koʻp yillik orzularining roʻyobi boʻldi. Amudaryo tumani hududidan temir yoʻl oʻtishi esa yurtdoshlarimizning uzogʻini yaqin qilish bilan birga iqtisodiyotimiz rivojiga ham katta turtki boʻlishi tabiiy.

22-dekabr kuni Amudaryo tumanida mazkur avtomobil va temir yoʻl koʻprigi qurilishining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murat Kamalov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldoshev hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar masʼullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyin sharoitga qaramasdan mazkur yirik loyihani amalga oshirishga kirishilgani davlatimiz va hukumatimizning xalq turmushi farovonligini taʼminlash, odamlarni rozi qilishni oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida belgilaganining yaqqol isbotidir.

Aytish kerakki, yangi koʻprikning qurilishi Rossiya va Qozogʻistondan yuklarni tashish masofasini 240 kmga, yuklarni tashish vaqtini esa 6 soatga qisqartiradi. Shunday qilib, yuk tashish hajmi ikki baravar koʻpayib, yiliga 25 million tonnani tashkil etadi. Mintaqalarning rivoji natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 milliard soʻmga oshadi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Xorazm viloyatiga qurilish materiallarini yetkazib berish xarajatlari kamayadi, bu esa ijtimoiy obʼektlar va infratuzilmalarni qurish xarajatlarini kamaytiradi. Yangi koʻprikning strategik ahamiyatini ham alohida taʼkidlash joiz.

Koʻprik qurilishining boshlanishi munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirda qoraqalpogʻistonlik va xorazmlik nuroniylar, mehnat faxriylari soʻzga chiqib, muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik izhor qildilar.

Tadbirdan keyin qurilish maydonchasida jonliq soʻyilib, Qurʼon tilovat qilindi. Nuroniylar duoga qoʻl ochib, qurilish ishlariga muvaffaqiyat va quruvchilarga kuch-gʻayrat tiladilar.

Aytish joizki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan koʻprik quriladigan joyda daryo kengligining minimal oʻlchamlari, sunʼiy inshootlar soni, buzilayotgan obʼektlar soni va ularning turi, shuningdek, kommunikatsiyalar oʻtkazilishini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan loyihaning 4 ta varianti ishlab chiqildi va ulardan eng maqbuli tanlandi. Unga koʻra yangi qoʻshma, yaʼni avtomobil va temir yoʻllari koʻprigining umumiy uzunligi 413 metr, balandligi 11,25 metr, kengligi 8,5 metr boʻladi. Shovot stantsiyasidan Qipchoq stantsiyasigacha boʻlgan temir yoʻlning taxminiy uzunligi 79 kmni tashkil qiladi.

Loyiha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi. Koʻprik qurilishi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Koʻprikqurilish tresti” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda ushbu korxona Oʻzbekistondagi oʻz sohasida eng yirik korxona boʻlib, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, yoʻl oʻtkazgichlarini qurish boʻyicha katta tajribaga ega. Oʻzbekiston Respublikasida mazkur koʻprik quruvchi korxona tomonidan umumiy uzunligi 66 km va oʻrtacha balandligi 7 metr boʻlgan 353 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar barpo etildi, ularning eng balandlari 60 metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, korxona mutaxassislari tomonidan uzunligi 11 km boʻlgan 210 ta turli xildagi sunʼiy inshootlar qurildi. Mazkur korxona xorijda ishlash tajribasiga va ISO:9001 xalqaro sifat sertifikatiga ham ega. Birgina Afgʻoniston Respublikasida Xayraton – Mozori Sharif temir yoʻl liniyasini qurish paytida, unitar korxona tomonidan jami oʻnta koʻprik qurilgan.

Bugungi kunga qadar ushbu korxonaning ishlab chiqarish boʻlinmalari 1000 dan ortiq zamonaviy maxsus qurilish texnikalari bilan jihozlangan. Korxona tarkibida temir-beton mahsulotlari va konstruktsiyalar ishlab chiqaradigan 7 ta zavod mavjud. Korxonada jami 10 mingga yaqin malakali muhandis, mutaxassis va quruvchilar ishlaydi.

Yangidan bunyod etiladigan koʻprikning metall konstruktsiyalari xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda maxsus poʻlatdan tayyorlanadi. Koʻprik qurilishiga yetakchi xorijiy kompaniyalar mutaxassislari va maslahatchilari jalb qilinadi. Tadbirda maʼlum qilinganidek, koʻprik qurilishi 2022-yilning sentyabr oyiga qadar nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Yuqori martabali mehmonlar ramziy turda qurilish ishlarini boshlab berdilar. Shunday qilib Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpogʻiston bilan bogʻlaydigan avtomobil va temir yoʻl koʻprigining qurilishi rasman boshlandi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019