“Agrobank” boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Amudaryo tumanida ehtiyojmand oilalarga sovğalar topşirdi
Yangi yil bayrami arafasida Özbekiston Respublikasi Agrobank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Rasulov tumanimizda bölib, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning iqtsodiy ahvoli va tumanda kambağallikni qisqartiriş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Şu bilan birga kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga kirib borib, ularning muammolarini örgandi hamda Yangi yil sovğalarini topşirdi.
Tumanimiz nafaqat Qoraqalpoğiston Respublikasi balki mamlakatimizdagi aholisi va yer maydoni jihatidan katta tumanlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda tumanimizda 200 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar soni dastavval 2467 tani taşkil etgan. Uşbu oilalarning iqtisodini kötariş, kambağallikdan çiqariş maqsadida masʼullar tomonidan amalga oşirilgan samarali işlar tufayli, bugungi kunda “Temir daftar”dagi 2361 ta oilada istiqomat qiluvçi 4204 nafar kişi iş bilan taʼminlangan va bu oilalarga körsatilgan ijtimoiy yordamlar natijasida uşbu 2361 ta oilaning yaşaş şaroitlari yaxşilanib, “Temir daftar” röyxatidan çiqarilgan.
“Temir daftar” – bu oilalarni kambağallikdan çiqarişga qaratilgan dastur hisoblanadi. Uşbu dasturga köra, tumanimizda ham ijtimoiy ahvoli hamda turmuş şaroiti oğir bölgan, sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalar kiritilgan edi. Koronavirus pandemiyasi şaroitida ijtimoiy ahvoli va turmuş şaroiti oğirlaşgan oilalarning bandligini taʼminlaş orqali ularga daromad manbai yaratişning vaqtinçalik tartibiga asosan, tumanimizdagi “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar aʼzolariga iş topib beriş hamda ularning doimiy daromadga ega bölişlariga kömaklaşildi.
Hozirgi paytda tumanimizda “Temir daftar” röyxatida 106 ta oila mavjud bölib, uşbu oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlaş maqsadida Agrobank tomonidan tizimli işlar yölga qöyilgan. Xususan, yakunlanayotgan 2020-yil davomida Agrobank tomonidan tumandagi ehtiyojmand oilalarga 200 mln. sömlik homiylik yordamlari körsatildi. Ayrim xonadonlarga 71,2 mln. söm mablağ evaziga eçkilar olib berilib, çorva boqişga yönaltirildi. Şuningdek, kam taʼminlangan oilalarga 9,7 mln. sömlik kömir mahsulotlari ham yetkazib berildi.
Tumanimizda “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan 98,6 ming nafar ayol-qizlarning 663 nafari işsiz bölib, ulardan 9 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar, 195 nafari örta maxsus va 459 nafari örta maʼlumotga ega ayollardir. “Yoşlar daftari”ga röyxatga olingan 18-30 yoş oraliğidagi 44 ming 340 nafar yoşlardan 5 ming 196 nafari iş bilan taʼminlanmagan. Uşbu muammolarni bartaraf etiş, tumanda kambağallikni qisqartiriş, ayniqsa, yoşlarning doimiy iş bilan bandligini taʼminlaş maqsadida tumanda “Yoşlar va boğdorçilik” öquv markazi binosini yangidan barpo etiş uçun “Agrobank” tomonidan 1,2 mlrd. sömlik homiylik mablağlari ajratildi.
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda, şu jumladan, tumanimizda ham yangi yil bayram şukuhi kezmoqda. Xalqimizni uşbu qutluğ kunlarda tökis va baxtiyor köriş barçamizga quvonç bağişlaydi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilgan oilalar aʼzolariga quvonçli kayfiyat ulaşiş maqsadida Agrobank tomonidan yana bir ezgu iş amalga oşirildi. Yuqoridagi daftarlar röyxatidagi oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida 111,5 mln. sömlik moddiy yordam ajratildi. “Temir daftar” röyxatidagi 106 ta oilalarga esa Yangi yil sovğasi sifatida kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶