TUMAN IChKI IShLAR BOʻLIMI RAHBARIYaTI TINChLIK BARQAROR BOʻLIShIGA HISSA QOʻShGAN FAOLLARNI TAQDIRLADI
Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi hududimizda aholining tinch va osoyishta hayot kechirishi, mehnat qilishini taʼminlash borasida mahalliy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda ish yuritib, koʻpgina yutuqlarga erishmoqda. Jumladan, ichkilikka berilib ketgan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar, tarbiyasida boʻshliq paydo boʻlgan yoshlar barvaqt aniqlanib, tegishli choralar koʻrilmoqda. Natijada avvalgi yillarga qaraganda tumanimizda jinoyatlarning koʻpgina turlari kamayishiga, jinoyatlardan holi hududlar koʻpayishiga erishilayapti.
Har yili yil yakuniga koʻra tumanimizning jinoyat sodir etilmagan hududlari profilaktika inspektorlari, ovul, mahalla fuqarolar raislari, oʻrinbosarlari, «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari aʼzolari, jinoyatchilikning oldi olinishida shaxsiy ibrat koʻrsatadigan fuqarolarini tuman Ichki ishlar boʻlimi munosib taqdirlab kelmoqda.
22-dekabr kuni ham Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimida ana shunday yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, boʻlimning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Orifjon Qosimovlar tumanimizda tinchlik-osoyishtalik saqlanishiga munosib hissa qoʻshganlarga ulkan minnatdorchilik bildirdilar.
Joriy yilda faoliyati samarali deb topilgan 10 nafar profilaktika inspektori, 2 nafar oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rahbarlari, 2 nafar oʻrinbosarlari, 4 nafar «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari aʼzolari va 1 nafar fuqaro tuman Ichki ishlar boʻlimining pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Yigʻilishda Xizr eli va Navoiy nomli mahallalar fuqarolar yigʻinlari raislari Otabek Toʻrayev va Vahob Oʻrozaliyevlar oʻzlarining mehnatlarini yuksak baholagan tuman Ichki ishlar boʻlimi rahbarlariga ulkan minnatdorchilik bildirdilar.
Tinchlik – ulugʻ neʼmat! Uning barqaror boʻlishi yoʻlida qilingan xayrli ishlar, albatta, eʼtiroflarga loyiqdir.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶