"QIZIL YaRIM OY" JAMIYaTI TOMONIDAN XAYRIYa MABLAĞLARI TARQATILDI
Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati köngilli, insonparvarlik taşkiloti bölib, ayni paytda 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman, şahar va 1500 dan ortiq boşlanğiç taşkiloti, 200 mingdan ortiq faol aʼzo va 40 mingdan ortiq volontyorlari yordamida jamoatçilik asosida faoliyat yuritadi. Jamiyatda “Mehr-şafqat” xizmati taşkil qilingan va yolğiz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor bemorlar, köp farzandli, kam taʼminlangan oilalarga doimiy ğamxörlik qilib, har yili yuz minglab kişilarga insonparvarlik yordami körsatib kelmoqda.
18-dekabr kuni Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tuman bölimiga «YuSAID» hamda hamkor taşkilotlar tomonidan xayriya maqsadlari uçun jönatilgan sanitariya-gigenik töplamlari va kir yuviş kukunlarini tarqatiş aktsiyasi ötkazildi.
Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyatining mamlakatda infektsion kasalliklar jumladan, koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni qöllaş maqsadidagi uşbu beğaraz yordami tumandagi bölim hisobida turuvçi fuqarolarga tarqatib berildi.
Xayriya tadbiri davomida taşkilotning Amudaryo tuman bölimi ijroçi direktori Ibodulla Nurimbetov, tibbiy birodar Çorşam Ernazarov, tuman Tibbiyot birlaşmasi epidemiolog şifokori Hojiboy Sobirov, volontyorlar Oybek Xolmurodov, Ravşanoy Xolmurodovalar «YuSAID» tomonidan moliyalaştirilgan «COVID-19» loyihasi asosida ajratilgan sanitar-gigenik töplamni 7 nafar fuqaroga, loyiha hamkorlari tomonidan beğaraz homiylik yordami sifatida ajratilgan kir yuviş kukuni va yuviş vositalarini 60 nafar fuqarolarga tarqatdilar.
Uşbu oilalarga Özbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan tayyorlangan koronavirus kasalligidan saqlaniş çora-tadbirlari töğrisidagi bukletlar ham ulaşildi. Xayriya mablağlarini tarqatişda iştirok etgan tibbiyot xodimlari fuqarolarga soğlom turmuş tarziga amal qiliş, şaxsiy gigena qoidalariga rioya qilib, hovli-joyini ozoda saqlaş va turli kasalliklardan himoyalaniş yuzasidan suhbatlar ötkazdilar.
Xayriya mablağlari yetkazib berilgan xonadonlar egalari insonparvarlik yordami uçun çuqur minnatdorçilik bildirdi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli xalqimiz joriy yilda jiddiy sinovlarni boşidan ötkazdi. Biroq har qanday murakkab şaroitda ham heç bir inson öz holiga taşlab qöyilmaydi, ijtimoiy himoyaga olinadi.
Xalqimiz pandemiyani mustahkam hamjihatlikda, qölni qölga berib, yengib ötmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶