«VAQF» FONDI TOMONIDAN EHTIYoJMAND OILALARGA SOVGʻALAR TOPShIRILDI
Xalqimiz azal-azaldan turli sanalar munosabati bilan ehtiyojmand, koʻngli yarim insonlarni yoʻqlash, ayniqsa, hayit va bayramlarda ularning xonadonlariga kirib borib, hol-ahvol soʻrash, kayfiyatlarini koʻtarish, kamlarini toʻldirishdek xayrli ishlarga hissa qoʻshib kelishga odatlangan. “Bir miskin koʻngilni shod etish – Kaʼbatullohni obod etish bilan barobar”, degan hikmat ham, shak-shubhasiz, saxovatpesha xalqimiz zakosi tufayli yaratilgan.
Tumanimizda ham turli bayram sanalari munosabati bilan ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish mehr-saxovat yordamlarini koʻrsatish, hayit va baryamlarni shod-xurram oʻtkazishlari uchun ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Elimizda yangi yil shukuhi kezayotgan ayni kunlarda ham “Vaqf” fondi tomonidan tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va kam taʼminlangan 490 ta oilaning har biriga 500 ming soʻmlik, yaʼni 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib berildi.
Yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” fondi hamda tumanimizdagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari saʼy-harakatlari bilan tashkil etilgan ehson tadbirlaridan aholi mamnun boʻlmoqda. Chunki har bir xonadonga beminnat, mehr va saxovat ehsonlari bilan kirib borgan saxovatpesha insonlar bayram sovgʻasi sifatida kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish bilan birga, xalqimizning ehtiyojmand qatlami vakillariga oʻzlarining samimiy dil soʻzlarini ham izhor etishib, ularga bayramona kayfiyat ulashmoqdalar.
Bundan tashqari, “Vaqf” fondi tomonidan yana bir xayr-ehson tadbiri ham amalga oshirildi. Yusuf Eshon bobo va Shayx Jalil bobo ziyoratgohlarida 2 ta jonliq qurbonlik qilinib, 50 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan oilalarga ehson sifatida tarqatildi.

Mamlakatimizda, shu jumladan, tumanimizda ham, xalqimizning quvonchli kunlarida oilalarida kamchilik boʻlmasligi, barcha birdam va ahillikda bayramlarni shodiyonalik, katta xursandchilik bilan oʻtkazishlari uchun ularga ham alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Bunda nafaqat “Vaqf” fondi, balki ming-minglab saxovatpesha insonlar tomonidan ham ana shunday ehson tadbirlari tashkil etilishi har bir yurtdoshimiz qalbida bir-birovga mehr-muruvvat tuygʻularini uygʻotayotgani bilan eʼtiborga molik.
Yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” fondi hamda ovul va mahallalardagi saxovatpesha insonlar tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar xalqimizga olam-olam zavq, xush kayfiyat ulashmoqda. Koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va ragʻbat koʻngillarini togʻdek yuksaltirib, koʻtarinki kayfiyat baxsh etmoqda.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶