Amudaryo tumanida 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021-yilga moʻljallangan rejalar toʻgʻrisida tuman hokimi S.Yoʻldashevning MUROJAATI
Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan olamshumul tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan tub islohotlar – demokratik davlat barpo qilish yoʻli biz uchun yakka-yu yagona va eng toʻgʻri yoʻl ekanligini aniq-ravshan koʻrsatib bermoqda.
Oʻzining qator qiyinchiliklari bilan esda qoladigan 2020-yil – «Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da ham tumanimiz aholisining fidokorona mehnati natijasida barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishdik.
Tumanda pandemiya davrining murakkab shart-sharoitiga qaramasdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha zarur choralar koʻrildi.
Jumladan:
- sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 379,4 mlrd.soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 102,6 foizni;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 624,1 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati 103,7 foizni;
- investitsiyalar 266,9 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati 108,5 foizni;
- qurilish ishlari 147,8 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati 114,2 foizni;
- chakana savdo hajmi 434,8 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati 103,1 foizni;
- xizmatlar 217,6 mlrd.soʻmni, oʻsish surʼati 102,9 foizni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsishi kutilmoqda.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi boʻyicha:
Tumanda 2020-yilning 1-noyabr holatiga 1279 jismoniy va yuridik shaxslarga ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida jami 48,0 mlrd. soʻm miqdorida tijorat banklar tomonidan kredit mablagʻlari ajratildi.
Jumladan:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3777-sonli qarori asosida “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida 1141 jismoniy va yuridik shaxslarga 40 mlrd. soʻm;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5242-son Farmoni asosida Hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 111 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 3,4 mlrd. soʻm;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5325-sonli Farmoni asosida Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 16 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 432 mln. soʻm;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5466-sonli qarori asosida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida 9 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 4 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi.
Ushbu ishlar natijasida aholining oʻrtacha ish haqi 2020-yil yanvar-sentyabr oylarida 1,8 mln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 foizga oʻsishiga erishildi.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida yil boshida 90 mlrd. 341 mln. soʻmlik 56 ta loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlsa, shundan bugungi kunda 88 mlrd. 219 mln. soʻmlik 67 ta loyihalar ishga tushirilib, ularda 407 yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jumladan, sanoat sohasida 44 mlrd. 907 mln. soʻmlik 26 ta loyiha, qishloq xoʻjaligi sohasida 7 mlrd. 570 mln. soʻmlik 8 ta loyiha, xizmatlar koʻrsatish sohasida 35 mlrd. 742 mln. soʻmlik 33 ta loyihalar ishga tushirilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga (58,4 mlrd. soʻm) nisbatan 151 foizni tashkil etib, 51 foizga koʻpaygan.
Tuman mahalliy byudjetiga tushumlar rejasi 80,5 mlrd. soʻm belgilangan boʻlib, 1-dekabr holatiga 82,1 mlrd. soʻmga yoki yillik reja 102 foizga bajarildi. (2019-yil 1-dekabr holatiga 120 mlrd. 704 mln. soʻm)
Qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan 2 mlrd. soʻmlik ishlar amalga oshirildi. (2019-yil 1-dekabr holatiga 8 mlrd. 768 mln. soʻm)
Bunda asosiy yoʻnalishlar: “Mehr-saxovat” jamgʻarmasiga 1 mlrd. soʻm, 10 dona transformatorlar va maxsus texnikalar xarid qilish, shuningdek, qurilish-taʼmirlash ishlariga sarflandi.
Tumandagi kichik sanoat zonasiga 13,1 ga yer maydoni ajratilib, tadbirkorlik subʼektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan toʻliq taʼminlandi.
Bugungi kunda ushbu zonada yuqori texnologik uskunalar bilan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun umumiy qiymati 16,9 mlrd. soʻm bulgan 35 ta loyiha joylashtirilgan. Loyihalarning 20 tasi amalga oshirilib, 15 tasi amalga oshirilayotgan loyihalar toifasiga kiradi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida:
Tumanda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish maqsadida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Mahalliylashtirish dasturi doirasida 3 ta loyihalarda 433 mln. soʻmlik 3 turli (chinni buyumlar, xalq isteʼmol tovarlari, plastmassa idishlar va qozon) mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 40 ming dollarlik mahsulot iqtisod qilingan.
2020-yilning 11 oyida jami import hajmi 2 mln. dollarni, yaʼni oʻtgan yilning shu davriga (1,8 mln. doll.) nisbatan 111,1 foizni tashkil etib, 11,1 foizga koʻpaygan.
2020-yilning 11 oyida jami eksport hajmi 8,2 mln. dollarni, yaʼni oʻtgan yilning shu davriga (7,6 mln. doll.) nisbatan 108 foizni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda tumanimiz eksportining asosiy qismi Xitoy (7,6 mln. doll.), Qozogʻiston (155,2 ming doll.) va Qirgʻiziston (78,3 ming doll.) davlatlariga toʻgʻri kelmoqda.
Shuningdek, tumanda jami 7 ta eksportyor korxonalar tomonidan mahsulot eksporti amalga oshirilib, shundan avval mahsulot eksportini amalga oshirmagan yangi 1 ta korxona bilan toʻldirildi va ular tomonidan jami 1,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Tumanda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj 2467 ta oila va ularning 11534 nafar aʼzosidan 4204 nafar mehnatga layoqatli, lekin ishsiz oila aʼzolari “Temir daftar”ga kiritilgan edi.
Tumandagi 4 ta sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan joriy yilning aprel-noyabr oylarida 4204 nafar mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligi taʼminlanganligi va daromad manbai yaratilganligi munosabati bilan 2361 oila “Temir daftar” roʻyxatidan chiqarilgan.
Tumanda yil yakuni bilan jami 106 ta oilalarning 333 nafar aʼzolari “Temir daftar”da qolmoqda.
Tumanda “Ayollar daftari”ga jami 663 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʻlib, ularning 9 nafari oliy, 195 nafari oʻrta-maxsus, 459 nafari oʻrta maʼlumotli xotin-qizlarni tashkil qiladi. 663 nafar xotin-qizlarning 88 nafari kambagʻal, 336 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj, 111 nafari boquvchisini yoʻqotgan, 78 nafari ajrashgan, 26 nafari yolgʻiz ayollar, 4 nafari nogironligi boʻlgan, 16 nafari nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollar, 4 nafari esa notinch oilalarda istiqomat qilayotgan ayollardir. Hozirga qadar ushbu xotin-qizlardan 542 nafarining bandligi taʼminlandi.
Tumanda 2020-yilga belgilangan dasturlar asosida barcha manbalar hisobidan 62 mlrd. 62 mln. soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilishi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 123,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan edi (2019-yilda 50 mlrd. 335 mln. soʻm).
2020-yil 1-dekabr holatiga belgilangan dastur asosida barcha manbalar hisobidan 43 mlrd. 19 mln. soʻmlik investitsiyalar va boshqa mablagʻlar oʻzlashtirilib, reja 69,3 foizga bajarildi.
Ushbu investitsiyalar va boshqa mablagʻlar asosan 8 ta maktabni, 6 maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish, 1 ta madaniyat uyi binosini mukammal taʼmirlash, 7 ta koʻp qavatli uy-joylarni mukammal taʼmirlash, yildan yilga oʻtuvchi 2 ta, joriy yilgi 3 ta 4 qavatli uy-joylarni yangidan qurish, 6,9 km. ichimlik suvi quvurlarini tortish, 7,93 km. davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va 11 ta boshqa obʼektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari orqali oʻzlashtirilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha: jami 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 13 mlrd. 887 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Bugungi kunda rejadagi qurilish-taʼmirlash ishlari 97,2 foizga bajarildi.
Jumladan:
Investitsiya dasturi asosida 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 mlrd. 254 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
13-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida loyiha qiymati 2 mlrd. 691 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari pudratchi “Mangʻit servis” MChJ tomonidan amalga oshirilib, foydalanishga topshirish arafasida turibdi.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida loyiha qiymati 3 mlrd. 684 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari pudratchi “Qizketken maxsus qurilis” MChJ tomonidan amalga oshirildi.
Bundan tashqari, 2019-yilgi “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida qurilishi tugallanmagan 3 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rekonstruktsiyasi 2-bosqichi boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari rejalashtirilib, shundan, “Choykoʻl” ovuli hududidagi 16-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida 1 mlrd. 449,2 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Qilichboy ovuli hududidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida 1 mlrd. 45 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Choykoʻl ovuli hududidagi 36-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida 1 mlrd. 769 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari bajarildi.
Tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 9-sonli maktab binosida 4 mlrd. 214 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish ishlari Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi.
Koʻp xonadonli uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha:
Qipchoq koʻchasida 715 mln.soʻmlik 5 ta koʻp xonadonli uy-joylarning tom qismlarida taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Qipchoq koʻchasidagi 35-, 37-, Saxovat koʻchasidagi 16-uy, Amudaryo koʻchasidagi 25-, Gurlan koʻchasidagi 66-uy-joylarga jami 394,5 mln. soʻmlik bolalar maydonchasi hamda hojatxona qurish ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Mangʻit shahrida joylashgan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 151,2 mln. soʻmga vaktsina omborxonasi qurib berildi.
Koʻp qavatli uy-joylar qurilishi boʻyicha:
Tumanimizning “Gulzor” mahallasida buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” tomonidan jami bahosi 12,3 mlrd. soʻmlik 72 xonadonli 4 qavatli 3 ta arzon uy-joylarni qurish rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda mazkur hududda 6,2 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.
2019-yilda qurilgan uy-joylarning kanalizatsiya tarmoqlari va lokal suv tozalash inshooti qurilishi uchun 987 mln. soʻm rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 681 mln. soʻmlik, 69 foiz ishlar bajarildi.
Ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha:
Aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi hozirgi kunda 32,5 foizni, suv yoʻqotishlar darajasi esa 24 foizni tashkil etadi.
Ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha jami loyiha qiymati 1 mlrd. 145 mln. soʻmlik 6,9 km. suv tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda toʻliq bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Investitsiya dasturi asosida Oʻrta qalʼa ovuli Yusuf xoʻja aholi punktida joylashgan 2,8 km. uzunlikdagi suv tarmogʻi qurilishi loyiha qiymati 501,9 mln. soʻmlik qurilish ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Mangʻit shahrining Olmazor va Yangiobod mahallalariga 4,1 km. uzunlikdagi yangidan suv tarmogʻi qurilishi rejalashtirilib, loyiha qiymati 643,2 mln. soʻmlik qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
IT markazining tashkil qilinishi tumanimizda raqamli texnologiyani joriy qilish va raqamlashtirish borasida dastlabki qadam deb aytishimiz mumkin. Vaqti kelib, ushbu yoʻnalishdagi ishlarimiz ham oʻz samarasini berishiga ishonaman.
“Bandlik” Dasturiga muvofiq, 2020-yilning 11 oyi davomida Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga 5052 nafar fuqaro murojaat qilgan. Roʻyxatga olingan ushbu faol ish qidiruvchilardan 2971 nafari markaz tomonidan ishga joylashtirildi, shundan 1076 nafari yoshlar, 1461 nafari xotin-qizlardir.
Shuningdek, 511 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolarga yengil konstruktsiyali issiqxonalar va sugʻorish vositalari uchun 1 mlrd. 557 mln. soʻmlik subsidiya ajratildi. Bundan tashqari, 7 nafar fuqarolarga malakasini oshirish uchun 6,2 mln. soʻm va 3 nafar fuqarolarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida roʻyxatdan oʻtish uchun 669 ming soʻm subsidiya toʻlab berildi.
Joriy yilda tumanda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 4 ta kooperativlar tashkil qilinib, ularga “Temir daftar”ga kiritilgan 110 nafar ishsiz fuqarolar jalb etildi va jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 245,3 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari yoʻnaltirildi.
2020 yilning oʻtgan davri mobaynida 3-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 130 ta korxona va tashkilotlardan 837 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi.
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan jami 2088 nafar (shundan 760 nafari yoshlar, 1149 nafari xotin-qizlar) aholi jamoat ishlariga jalb qilindi va ularning ish haqi toʻlovi uchun jamgʻarmadan 2 mlrd. 600 mln. soʻm mablagʻ toʻlab berildi.
Tumanda joriy yilda 1470 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, 1-dekabr holatiga 1473 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, 100,2 foizga bajarildi.
Oʻtgan 11 oy davomida 406 ta ishsiz fuqarolarga 171,5 mln. soʻmlik ishsizlik nafaqasi tayinlandi va toʻlab berildi.
2020-yil 6 oyi davomida ishsizlik darajasi 13 foiz boʻlgan boʻlsa, hozirgi kun holatiga bu koʻrsatkich 10,8 foizni tashkil etmoqda.
2020-yil boshidan 3226 nafar mehnat migranti yashash joyiga qaytib kelgan.Ularning 1757 nafarining bandligi taʼminlangan boʻlib, 757 nafari (23,5 foiz) ishsiz, 332 nafari qayta xorijga ishga ketgan, 109 nafari iqtisodiy nofaol (taʼlim jarayonida, nafaqada va bola tarbiyasida) fuqarolarni tashkil etadi, 97 nafari turli xildagi kasbga oʻqitildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4776-sonli qarori yuzasidan tumanda 2020-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida jami qiymati 18 mlrd. 200 mln. soʻmlik (shundan, 15,4 mlrd. soʻm bank krediti, 2 mlrd. 700 mln. soʻm oʻz mablagʻlari hisobidan) 8 ta loyihalarni amalga oshirish va 30 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish belgilangan edi. Bugungi kunda ushbu loyihalar ishga tushirilib, ushbu mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilishi hisobidan 588 bosh naslli qora mollar olib kelindi va 30 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Tumanda joriy yil hosili uchun 362 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 15250 gektar maydondan 34900 tonna paxta xom-ashyosi yetishtirib berish boʻyicha paxta toʻqimachilik klasteri “Amudaryotex” XK MChJ oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari imzolanib, fermer xoʻjaliklari 35675,2 tonna paxta topshirdi.
Tumanda 2021-yil hosili uchun 326 ta fermer xoʻjaliklari yer maydonlariga jami 3800 gektar maydonda gʻalla ekinlari ekilib, bugungi kunda agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Melioratsiya va irrigatsiya yoʻnalishida:
Joriy yilda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sugʻorishni) joriy etish maqsadida jami 130 gektarda, shu jumladan:
50 gektar - paxta ekin maydonlarida;
50 gektar - mevali ekin maydonlarida;
30 gektar - boshqa ekin maydonlarida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarining prognoz koʻrsatkichlari belgilandi.
Amalda jami 75 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, jami 140 gektarga yaqin maydonda egiluvchan quvurlar (62 komplekt) olib kelinib, sugʻorish ishlarida foydalanildi.
2018-2020-yillar davomida jami 175 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilindi.
Qangli va Qipchoq OFYlari hududiga xizmat qiluvchi “K-1-7” xoʻjaliklararo kollektorining 2,2 km. qismida 333 mln. soʻmlik rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Nazarxon OFY hududidagi Berdaq meliorativ tizimining 45,2 km. qismida 1 mlrd. 218 mln. soʻmlik taʼmirlash va tiklash ishlari bajarildi.
Shuningdek, Qipchoq OFY hududida Chilpiq meliorativ tizimining 37,5 km. qismida 989 mln. soʻmlik taʼmirlash va tiklash ishlari bajarildi.
Ijtimoiy sohada ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Tuman boʻyicha joriy yilning 1-dekabr holatiga 108 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlib, shundan 50 ta davlat, 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 54 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Tumanda 3-7 yosh bolalar soni joriy yilning 1-dekabr holatiga 16682 nafar boʻlib, shundan 10052 nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinib, tuman boʻyicha qamrab olish darajasi 60,2 foizni tashkil qiladi.
Tumanda maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning qamrovini 60,2 foizdan yil yakuniga koʻra 63,3 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xalq taʼlimi yoʻnalishida:
Tuman Xalq taʼlimi tizimida 87 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni 38 518 nafar, oʻqituvchilar soni 4206 nafarni tashkil qilmoqda.
Taʼlim muassasalarida birinchi smenada taʼlim olayotgan oʻquvchilar ulushi 65,7 foizni, ikkinchi smenada taʼlim olayotgan oʻquvchilar ulushi 34,3 foizni, taʼlim muassasalaridan foydalanish quvvati 30 713, oʻquvchi oʻrni koeffitsiyenti 1,3 ni tashkil qiladi.
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ham samarali ishlar amalga oshirildi, xususan:
8 ta maktab, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Sogʻliqni saqlash yoʻnalishi boʻyicha:
Tumandagi tibbiyot muassasalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha qator ishlar olib borilayotgan boʻlib, 2019-yilga qadar jami 936 mln. soʻmlik har xil tibbiy jihozlar va buyumlar olib kelingan boʻlsa, yaqin 2019-2020-yillar oraligʻida 1 mlrd. 950 mln. soʻmlik va joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida jami qiymati 297,4 mln. soʻmlik tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.
Xususiy tibbiy xizmat ham jadal rivojlanib, muassasalar soni 2019-yilda 13 tani, joriy yilning 1-dekabriga qadar 17 tani tashkil qilmoqda. Shundan 4 ta muassasa yangi tashkil qilingan boʻlib, aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Shuningdek, joriy yilda “Feruza Guli – MED” MChJ tomonidan 400 mln. soʻmlik investitsiya kiritilib, UZI diagnostika markazi tashkil etildi.
Madaniyat sohasida:
Tumanda 7 ta madaniyat markazlari mavjud boʻlib, madaniyat markazlarida anʼanaviy yoʻnalishdagi maqom, mumtoz ashulalarni yoshlarga butunligicha yetkazish, ularning ongiga singdirish boʻyicha «Uchqun» ashula va raqs xalq ansambli tashkil etilgan.
Hozirgi kunda ansamblning maqom, anʼanaviy yoʻnalishda ijro etuvchi 28 nafardan ortiq aʼzolari aholiga madaniy xizmat qilmoqdalar.
Yosh avlodni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida markazlarda 20 ta qoʻshimcha toʻgaraklar tashkil qilingan. Ushbu toʻgaraklarda 250 nafardan ortiq yoshlar sanʼat sirlarini oʻrganib kelmoqda.
Tumandagi 2 ta madaniyat uyi binosi taʼmirtalab ahvolda. (Boʻz yop va Qangli madaniyat uylarini rekonstruktsiya qilish lozim).
Aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sport majmualari va maydonchalarini barpo etish, sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, yuqori malakali sportchilar va sport zahirasini tayyorlash, jahon arenalariga chiqish maqsadida tumanda 7-30 yoshdagilar oʻrtasida sport turlariga qiziqishi boʻyicha oʻtkazilgan savolnoma orqali 18 ta sport turlariga qiziqish bildirgan 40 ming nafardan ortiq yoshlarning roʻyxati shakllantirildi.
Hozirgi kungacha sport bilan shugʻullanish istagini bildirgan yoshlarga qulayliklar yaratish tumanda sport inshootlarini yangidan qurish ishlari amalga oshirildi. Amudaryo tumanida jami 381 ta sport inshootlari mavjud. Jumladan, 2 ta stadion, 62 ta sport zali, 1 ta basseyn, 17 ta sunʼiy qoplamali futbol maydonchalari, 3 ta tennis kortlari va 296 ta sport maydonchalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Jismoniy tarbiya darslarida shugʻullanuvchilar soni jami 38395 nafar (shundan, 17961 nafar xotin-qizlar). Sportning 18 ta turi boʻyicha sektsiyalarida shugʻullanuvchilar soni 1462 nafarni (shundan xotin-qizlar 254 nafarni) tashkil etadi.
Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston chempionatlarida sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha faol ishtirok qilib, birgina joriy yilning oʻzida 9 ta medal, shundan 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.
Tumanimizda sport sohasiga berilayotgan eʼtibor natijasida sportning dzyudo turi boʻyicha Elyor Masharipov, Sharofiddin Boltaboyevlar xalqaro turnirlarda faol qatnashib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelmoqda.
2017-2020 yillar davomida turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlardan Masharipov Elyor Shomurod oʻgʻli va Rahimboyev Otabek Davlatboyevichlar “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
2017-2020-yillar davomida jami 36 nafar yoshlarimizning xalqaro tanlov va turnirlarda ishtiroki taʼminlandi.
“Yoshlar” daftari boʻyicha tumanda ishchi guruhlar tuzilib, maxsus shtablar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Tuman miqyosida ishchi guruhlar tomonidan bugungi kunga qadar mavjud 49 ta mahallalarda xatlov oʻtkazilib, 33 912 ta xonadonlarda 43 119 nafar yoshlar (shundan 22661 nafari erkak, 20458 nafari ayol) tomonidan anketa soʻrovnomalari toʻldirildi.
Xatlov natijasida 6 797 nafar ishlash istagida boʻlgan yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha 2021-yil uchun 2 266 nafar yoshlarning bandligini taʼminlashga moʻljallangan Manzilli reja ishlab chiqildi.
Bandligi taʼminlanmagan 352 nafar yoshlarni tikuvchilik, payvandchi, sartaroshlik, qandolatchilik kabi yoʻnalishlarda tumandagi kasb-hunar taʼlim muassasalarida hunarga oʻqitish orqali ularning kasbiy malakasini oshirishiga koʻmaklashiladi.
Xatlov davomida 393 ta muammolar aniqlanib, hozirgi kunda ushbu mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilmoqda.
2021-yilda ham tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qator ishlar rejalashtirilgan.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 77 ta loyihalarda 457 mlrd. 460 mln. soʻmlik investitsiyalar jalb qilinishi bilan 2616 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shundan, sanoat sohasida 380 mlrd. 194 mln. soʻmlik 24 ta (shundan, drayver yoʻnalishi sifatida tekstil sohasida “Amudaryotex” xorijiy korxonasining yogʻ mahsulotlari, pnevma ip kalavasi hamda paxta tolasi ishlab chiqarish) loyihalar, qishloq xoʻjaligi sohasida 30 mlrd. 846 mln. soʻmlik 28 ta (shundan, drayver yoʻnalishi sifatida bogʻdorchilik sohasida 500 gektar intensiv bogʻlar barpo etish) loyihalar, xizmatlar koʻrsatish sohasida 46 mlrd. 420 mln. soʻmlik 25 ta loyihalar ishga tushiriladi.
Shuningdek, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda 300 taga yaqin yangi tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish orqali byudjet tushumlari 120 mlrd. soʻmga yetkaziladi.
Eksport hajmini oshirish, yangi mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyish va yangi bozorlarga kirib borish maqsadida, 9,5 mln. AQSh dollar miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.
Tumandagi mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida 1569 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi;
“Bandlik” dasturiga muvofiq, 3505 nafar fuqaro Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan ishga joylashtiriladi;
Tumanda 500 nafar ishsiz fuqarolarga 667,5 mln. soʻmlik ishsizlik nafaqasi tayinlanadi va toʻlab beriladi.
Kasbga oʻqitish yoʻnalishida tumanimizda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish maqsadida oʻquv markazlarida 220 ta vaqtincha ishsiz fuqarolar kasbga oʻqitiladi, shuningdek, chet elda ishlash istagida boʻlgan 115 nafar mehnat migrantlari turli xil yoʻnalishda kasbga va chet tillariga oʻqitiladi;
Xonadonlarning shaxsiy tomorqasidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida 460 ta ixcham issiqxonalar qurib berish uchun 3 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratiladi;
Tumanda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 6 ta kooperativlar tashkil qilinadi, ularga 220 nafar ishsiz fuqarolar jalb etiladi va 490,6 mln. soʻm subsidiya ajratiladi.
Tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun 30 nafar fuqaroga 13,4 mln. soʻm, malaka oshirish uchun 65 nafar fuqaroga 174 mln. soʻm, hunarmandlar uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun 30 nafar fuqaroga 10 mln. soʻm, kvotalangan ish oʻrinlari uchun 8 nafar fuqaroga 54 mln. soʻm, jami bu yoʻnalishlarga 251,4 mln. soʻm subsidiyalar ajratiladi.
Jamoat ishlariga 2500 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilinadi, shuningdek, 6 ta mehnat yarmarkasi oʻtkaziladi.
Ushbu amalga oshiriladigan ishlar natijasida tumanning ishsizlik darajasini 9 foizga tushirish rejalashtirilgan.
Suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni tizimli davom ettirish maqsadida kelgusi 3-yilda 5800 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
4527 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish;
(2021-yilda 1027 gektar, 2022-yilda 1500 gektar va 2023-yilda 2000 gektar) prognoz koʻrsatkichlari belgilandi.
5800 gektar ekin maydonlariga oʻrtacha hisobda 32 mln. kubometr suv sarflanadigan boʻlsa, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish natijasida 32 mln. kubometr suv sarflanib, natijada 16 mln. kubometr, yaʼni 50 foiz suv iqtisod qilinishiga erishiladi;
Bundan tashqari, qoʻl mehnatining 40 foizga, yoqilgʻi moylash va mineral oʻgʻitlar sarflari 50-55 foizga kamayishiga erishiladi.
Ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlarini yaxshilash maqsadida tumanda kelgusi yil uchun belgilangan dasturlar asosida barcha manbalar hisobidan 76 mlrd. 525 mln. soʻmlik jami 22 ta obʼektlarda investitsiyalar va boshqa dasturlar asosida qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Ushbu dastur asosida 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binolarini rekonstruktsiya qilish, 1 ta tugʻruqxona binosini yangidan barpo etish, 27 ta koʻp qavatli uy-joylarda mukammal taʼmirlash va qurish ishlari, 7,2 km. ichimlik suvi quvurlarini tortish va 1 ta suv inshootini rekonstruktsiya qilish, 3,35 km. davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash, Mangʻit arna kanalini rekonstruktsiya qilish, “Toʻqimachi” podstantsiyasidagi quvvati 6300 kVa boʻlgan 2 ta transformatorni 10 ming kVa boʻlgan transformatorga almashtirish hamda 1 ta MFY maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.
Oʻylaymanki, yil davomidagi tumanimiz mehnatkashlarining saʼy-harakatlari Vatanimiz ravnaqiga muhim hissa boʻlib qoʻshiladi.
Kelgusida ushbu rejalarning ijrosini taʼminlash uchun barchamiz birgalikda, hamjihatlikda mehnat qilamiz va tumanimizni yanada rivojlantirishga, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratishga erishamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶