YaNGI KOʻPRIK ELLARNI TUTAShTIRADI
Prezidentimiz Amudaryoga yangidan mustahkam koʻprik qurilishini maʼlum qilganlarida, shu elning farzandi sifatida koʻksimga sigʻmay quvondim. Qishning qahraton kunlarida, daryo suvi muzlab, koʻprik ishlamay, oʻquvchilarimizni barjada daryodan oʻtkaza olmay, navbat kutib qiynalganlarimiz tumanday tarqab ketdi.
Koʻprik ishga tushsa, azim Qoraqalpoq diyori va koʻhna Xorazm elini tutashtiradi, qalblar birlashadi, elda ogʻzibirchilik boʻladi, iqtisod rivojlanadi, turmush farovonlashadi. Bu voqea har ikkala yurtning tarixida asrlarni lol qoldirgan moʻʼjiza desak, aslo mubolagʻa emas. Oʻzbekistonday mamlakatning – kuch-qudratini, Yurtboshimizning el-parvarligini isbotlovchi tarixiy voqea boʻladi.
Koʻprik qurilishi marhum hokimimiz R.Yoʻldoshevning ham azaliy armoni edi, u kishi daryoga yangi koʻprik qurish boʻyicha koʻp harakat qilgandilar. Ana shu armon endi ushalmoqda. Koʻprik qurilishi boshlanayotganidan faqat Amudaryodagina emas, balki butun Qoraqalpoq va Xorazm elida yoshu-qari xursand, hamma bir-birini qutlamoqda.
Biz ishonamizki, quriladigan yangi koʻprik Vatanimizning ravnaqiga, elimizning farovonligiga, iqtisodimizning rivojiga xizmat qilib, ikki muqaddas tuproqni birlashtiradi.
Tilagim – dengizimiz ham suvga toʻlsin, elga baraka va davlat kelayotganligi rost boʻlsin!
S.Xoʻjamurodova, 40-sonli maktab direktori, Joʻqorgʻi Kenges deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶