28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Sport 👁 272

YoSh POLVONLAR OʻRTASIDA “PROKUROR KUBOGI” MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

YoSh POLVONLAR OʻRTASIDA “PROKUROR KUBOGI” MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va yetuk insonlar qilib tarbiyalash, ularni keng miqyosda sport sohasiga qamrab olish, iqtidorlarini yanada rivojlantirish hamda yutuqlarini ragʻbatlantirish maqsadida tumanimizda sportning kurash turi boʻyicha “Prokuror kubogi” musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqani oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan Nizom talablariga muvofiq 2008-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar roʻyxati shakllantirilib, yosh toifalari boʻyicha guruhlar tuzildi. Musobaqa Nizomi talablariga koʻra, har bir ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va shifokor koʻrigidan oʻtganligi haqidagi maʼlumotnomalari tuman Bolalar va oʻsmirlash sport maktabi tomonidan tasdiqlangan tajribali hakamlardan iborat hayʼatga taqdim etildi.

2020-yil 24-dekabr kuni tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilgan musobaqalar qizgʻin va doʻstona vaziyatda boʻldi. Oʻz vazn toifalarida kuchli va tengsizligini namoyon etgan yosh polvonlardan Xushnud Sultonov, Komron Allaniyozov, Jasur Boltaboyev, Omon Nazirboyev, Behruz Jumaniyozov, Akbar Jabborberganov, Akbar Chorshamovlar faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Javohir Bozorboyev, Behruz Yusupov, Alisher Davletboyev, Elbek Rahimboyev, Humoyun Eshboyev, Joʻrabek Murodovlar oʻz vazn toifalari boʻyicha 2-oʻringa munosib koʻrildilar.

Biri-biridan qolishmaydigan kuchli, oʻz kurash uslublariga ega boʻlgan yosh polvonlar bellashuvida 3-oʻrin uchun ham qizgʻin bahslar davom etdi. Unga koʻra, Adham Soliyev, Samandar Ozodov, Zafar Boltaboyev, Shahriyor Oʻrozoqov, Zokir Saʼdullayev, Samandar Omonboyev, Baxtiyor Rahimberganov, Ozodbek Shukurullayev, Odilbek Rimboyev, Ulugʻbek Rajabboyev, Samir Jumaboyev, Bunyod Muhammadnazarov, Samad Safarboyev, Shahriyor Qurbonboyevlar esa oʻz vazn toifalariga koʻra, 3-oʻrinni egalladilar.

Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yosh polvonlari ishtirokida oʻtkazilgan “Prokuror kubogi” musobaqalarida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovlar ishtirok etib, tumanimizda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi sportchi-yoshlarini kelajakda nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarishlariga tilakdoshlik bildirdilar.

“Prokuror kubogi” musobaqalari yakunida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev  va Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovlar sportchilarni tabrikladilar va gʻolib polvonlarga oʻz sovgʻalarini topshirdilar. Shuningdek, yosh polvonlar tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi maʼmuriyati tomonidan “Eng kuchli kurashchi, “Eng yaxshi uslubga ega polvon”, “Eng epchil polvon” kabi nominatsiyalar boʻyicha faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026