OʻZBEKISTON YoShLAR FORUMIDA PREZIDENTIMIZ TOMONIDAN ILGARI SURILGAN FIKRLAR TUMANIMIZ YoShLARIGA QUVONCh BAGʻIShLADI
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oʻzbekistonning kelajak bunyodkorlari boʻlgan yoshlarga katta imtiyozlar yaratish, ularning oʻqib, oʻz bilimlarini oshirish, barcha jabhalarda jahon yoshlari bilan baravar bellashishga qodir intellektual salohiyatga ega insonlar sifatida shakllanishlari uchun har doim umid va ishonch bildirib keladilar. Shu bois, ularning orzu-intilishlariga quloq tutish, chin dildan, samimiy muloqot qilish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar forumida ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratiladigan yangi shart-sharoitlar haqida nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston Yoshlar forumida koʻrilgan masalalar, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbus va fikrlarni tumanimiz yoshlariga yetkazish, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan unumli foydalanishga daʼvat etish maqsadida tuman Xalq taʼlimi boʻlimining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha shoʻʼba rahbari Zafar Abdullayev hamda Azamat Norimmatov tomonidan 16-sonli umumtaʼlim maktabida maktabning yosh pedagog-oʻqituvchilari hamda yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda tuman Xalq taʼlimi boʻliminng maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha shoʻʼba rahbari Zafar Abdullayev mamlakatimizda yoshlarning qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Xususan, “Yoshlar: 1+1” dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, “Yoshlar murojaati” elektron platformasi, tadbirkorlik yoʻnalishida ish boshlayotgan yoshlarga ajratilayotgan 4 foizlik imtiyozli kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Bundan tashqari, yigʻilishda “Yoshlar:1+1” dasturi doirasida uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish ishlari amalga oshirilishi, “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi faol tadbirkorlarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani alohida eʼtirof etildi.
2021-yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash imkonini beradigan bu ezgu harakat davlatimiz rahbari tomonidan maʼqullangani, kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻilish ishtirokchilari boʻlgan yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Bu kreditlar 7-yil muddatga, 3-yil imtiyozli davr bilan berilishi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yana bir imkoniyat maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilariga katta quvonch va kelajakdagi orzularini amalga oshirishlari uchun oʻzlariga ishonch bagʻishladi. Yaʼni, ikki va undan ortiq farzandlari toʻlov-shartnoma asosida taʼlim olayotgan oilalarga imtiyozli taʼlim kreditlari berilishi, kreditni talaba oʻqishni bitirib, ishga kirib, oʻzi pul topib toʻlashi mumkinligidan, yoshlar mamnun boʻlishdi.
Shuningdek, yigʻilishda yoshlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatga 100 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilishi tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun muhim yangilik boʻldi va bu borada maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Prezidentimizning Oʻzbekiston Yoshlari forumidagi sermazmun maʼruzasi va undan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan mazkur yoshlar bilan uchrashuv yigʻilishidan maktab oʻquvchi-yoshlari katta taassurotlar oldilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶