PREZIDENTIMIZ YoŞLARNI “ÖZBEKISTONNING ENG KATTA BOYLIGI, BEBAHO XAZINASI”, DEB ATADILAR
Özbekiston Respublikasi Prezidenti iştirokida 2020-yil
25-dekabr kungi mamlakat yoşlari bilan videoselektor tarzida ötkazilgan “Özbekiston yoşlari” forumi Respublikamizda ilk marotaba taşkil qilingan nufuzli anjuman sifatida yoşlar hayotida çuqur iz qoldirdi. Ayniqsa, Prezidentimizning: “Men har gal yoşlarimiz bilan uçraşganimda, sizlarning ğayrat-şijoatingizdan kuç-quvvat olaman, könglim toğday kötariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qiliş orzusi bilan yonib yaşayotganingizni yaxşi bilaman. Sizlarni Özbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman”, - degan sözlari biz yoşlarni ruhlantirib yubordi.
2020-yil 29-dekabr kuni esa Oliy Majlisga va xalqimizga yöllagan Murojaatnomasida 2021-yilga mamlakatimizda “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”, deb nom berişni taklif etganlarida bizga yanada masuliyat va katta işonç bildirilayotganini çin dildan his etdim.
2021-yilda mamlakatimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan 197 ta maktab öz faoliyatini boşlaşining özi yoşlar uçun juda katta imkoniyat eşiklari oçilayotganidan dalolatdir. Buning amaliy ijrosini tumanimizda öz faoliyatini boşlaş arafasida turgan iqtidorli yoşlar maktabi misolida ham yaqqol köriş mumkin.
Bundan taşqari, yoşlar tadbirkorligi va bandligini taʼminlaş uçun 100 million dollar mablağ ajratilişi közda tutilayotgani yanada quvonarli. Xususan, “Har bir tadbirkor – yoşlarga madadkor” tamoyili asosida köngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda, 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan işsiz yoşlarni biriktiriş taşabbusi amalga oşiriladi. “Hunarli kişi xor bölmas”, ğoyasi asosida hunarmand-ustalar qölida işsiz yoşlarga kasb-hunar örgatiş maqsadida hududlarda ustoz-şogird anʼanasi mutlaqo yangi körinişda taşkil etiladi. Bunda, uç oy muddatda ustoz-şogird anʼanasiga jalb etiladigan hunarmand-ustalarni Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan moddiy rağbatlantiriş tizimini joriy etiş rejalaştirişmoqda. Uşbu rejaga köra, tumanimizda ham “Yoşlar kiçik sanoat zonalari” taşkil etiladi.
2021-yilda kasb-hunar va tadbirkorlikka öqib, sertifikat olgan yoşlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratiladi. Bunday kreditlarni 3-yil imtiyozli davri bilan 7-yil muddatga beriş, bank tomonidan uşbu maqsadlar uçun 2021-yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratiş közda tutilgan.
Prezidentimiz öz Murojaatnomasida yoşlarni quvontiradigan yana bir ğoyani ilgari surdilar. Yaʼni, har bir tuman va şahardan kamida 5 nafardan yoşlarni madaniyat va sanʼat oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan öqitiş böyiça dastur işlab çiqilib, amalga oşiriladi. 2021-yildan boşlab har yili har bir tuman va şahar hokimlari tomonidan 10-15 nafar isteʼdodli yoşlarni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalaş va muntazam rağbatlantiriş tizimi yölga qöyiladi.
Yoşlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini oliş xarajatlarining
50 foizgaça bölgan qismini byudjetdan qoplab beriş tartibi işlab çiqilib, joriy etiladi. “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida 2021-2022-yillarda 300 ming nafar yoşlarni kompyuter dasturlaş asoslariga bepul öqitiladi. “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoşlar yetakçisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual öyinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari körik-tanlov va musobaqalar taşkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun “Prezident granti” joriy etiladi.
Ikki va undan ortiq farzandi oliy öquv yurtida şartnoma asosida öqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti beriş tartibi joriy qilinib, bunda, kreditni öqiş davri tugab, yoşlar işga joylaşgandan söng qaytariş nazarda tutilgan.
Osiyo öyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari böyiça tuman, şahar, viloyat va respublika çempionatlari, “Hokim kubogi” musobaqalari taşkil etiladi. Har bir hudud va soha kesimida “Vatanparvar” taşkiloti bazasida yoşlar mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bölgan kasblarga öqitiladi. Alişer Navoiy, Berdaq, Ibroyim Yusupov, Kunxöja, Ajiniyoz Qosiboy öğli, Tölepbergen Qaipbergenov kabi uluğ adiblar xotirasiga Nukus şahrida “Adiblar hiyoboni” barpo etiladi.
Bularning barçasi yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etişlari, jismonan yetuk, maʼnan barkamol inson sifatida şakllanişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, yoşlarni har tomonlama tarbiyalaş, yutuqlarini rağbatlantirib boriş orqali, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, har bir yoşni “Özbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi”ga aylantirişga qaratilgan. Demak, Prezidentimizning yuksak işonçiga munosib yaşaş, öqiş, mehnat qiliş, ona Vatan taraqqiyotiga öz hissamizni qöşiş har birimizning zimmamizdagi burçimizdir.
Jasur DAVLETOV, Yoşlar işlari Agentligi tuman bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶