ELEKTRON RAQAMLI IMZO KALITINI OLIShDA QULAYLIK YaRATILDI
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanishni kengaytirish, elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olishni masofadan amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish maqsadida 2020-yil 7-dekabrda Vazirlar Mahkamasining 773-sonli Qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, endilikda uydan chiqmasdan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini olish mumkin. Yaʼni, yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilingan hollarda, murojaat qiluvchi mustaqil elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani toʻldiradi va soʻrovnomaga elektron murojaat qiluvchining pasporti (ID-karta) nusxasi hamda pasportning asosiy sahifasi (ID-karta) bilan birgalikda selfi usulida olingan fotosurat nusxasi ilova qilinadi. Bunda ilova qilinayotgan fotosurat nusxasida murojaat qiluvchining yuz qiyofasi tiniq koʻringan holda pasportning asosiy sahifasi (ID-karta)dagi barcha rekvizitlari oʻqib boʻladigan darajada sifatli boʻlishi shart.
Keyingi bosqich ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma rasmiy axborot resursi orqali tushgan hollarda, bir ish kuni ichida, undagi maʼlumotlar tegishli mutaxassis tomonidan tekshiriladi va maʼlumotlar murojaat qiluvchiga tegishli ekanligi tasdiqlansa, elektron imzo kaliti sertifikati taqdim etiladi.
Shu bilan bir qatorda yuridik shaxslarga ham keng imkoniyat yaratish maqsadida ERI kalitlarining sertifikatlarini berishning qulay usullari joriy etilmoqda. Unga koʻra, bank hisobvaraqlaridan pul koʻchirish va naqd pulsiz shaklda toʻlov tizimi operatorlari orqali amalga oshirilishiga keng imkoniyat yaratildi.
Gʻayrat Sobirov,
tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶