ISSIQXONALARDA EKIN EKIŞGA TAYYoRGARLIK KÖRILAYaPTI
Mamlakatimizda xalqimiz dasturxoni tökin-soçinligiga muhim hissa qöşayotgan issiqxonalar sonini oşiriş va maydonini kengaytiriş, issiqxona xöjaliklarini barqaror rivojlantirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş va amalga oşirişga alohida eʼtibor berilayotir. Natijada har bir hududning tuproq iqlim şaroitlarini hisobga olgan holda hosildor sabzavot, poliz ekinlari ekilib, yuqori hosil yetiştirişga muvaffaq bölinayotir.
Şunisi eʼtiborliki, keyingi yillarda bu borada xorijiy investitsiyalar iştirokida qator loyihalarning samarali faoliyati yölga qöyilmoqda.
Tumanimizning Toşyop ovulida Yolğoş Boymurodov rahbarlik qilayotgan «Mang‘it invest plyus» masʼuliyati çeklangan jamiyat qöşma korxonasining 1 gektarlik issiqxonasi Xitoy texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi.
Uşbu issiqxonada ötgan mavsumda pomidor, bodring kabi ekinlardan möl hosil olindi va yetiştirilgan mahsulotlar asosan eksportga yönaltirildi. Hududning 15 nafar fuqarolari iş bilan taʼminlangan zamonaviy issiqxonada pomidorning “Alamino” navi yetiştirilgan edi. Ötgan mavsumdagi tajribalardan kelib çiqib, yana şu nav köçatlarini issiqxonaga ötqaziş rejalaştirilayapti.
Buning uçun issiqxona hududidagi ekin maydoni xas-çöplardan tozalanib, yangi mavsumga puxta tayyorlandi.
Hozirgi kunda issiqxona yeri sifatli haydalib, öqariqlar olinib, köçat ötqazişga sifatli tayyorlanmoqda. Bunda kiçik surim agregatni boşqarayotgan Boltamurod Qurbonov, Nurken Örozovlar tuproq qatlamining sifatli yumşatilişiga alohida eʼtibor berişayapti.
Sifatli haydalgan yerlarga tortilayotgan öqariqlarga erta-indin köçat ötqaziş işlari boşlanadi.
Xöjalik işçilari içki bozorlarimizni oziq-ovqat mahsulotlari, barra sabzavotlar bilan töldirişga hissa qöşiş bilan çeklanmay, mahsulotlarini eksportga ham yönaltirişni rejalaştirmoqda.
Ötgan mavsumda uşbu issiqxonadan 370 million sömdan ortiq sof daromad olindi.
Ovulning yana bir tadbirkor, mirişkor dehqoni Davlatboy Jumaniyozovning tomorqasida 7 sotixlik issiqxonasi bor. U ötgan yillarda ham şu yerdan möl hosil yetiştirib, issiqxonada ekin ekiş afzalliklarini, foydaliligini isbotlagan edi.

U joriy mavsumga ham puxta tayyorgarlik kördi. Issiqxonasini ekinlar poyalaridan tozalab, yerini suğorib, ekin ekişga tayyor holga keltirdi. Yer tobiga kelişi bilan sifatli yumşatib, qulupnay ekişga hozirlik körayapti. Buning uçun tadbirkor öqib, izlanib, qulupnay ekiş va yetiştirişga oid köpgina bilimlarni egalladi va şunga köra qulupnayni gidroponika usulida yetiştirişni rejalaştirayapti. Bunda ösimlik uçun zarur möʼtadil omillar sunʼiy ravişda qopçada vujudga keltiriladi va köçat şu qopçalarga ekiladi. Bunday usulda ösimlik jadal ösib-rivojlanadi va hosildor bölib yetiladi.
Davlatboy Jumaniyozov mavsumda qulupnaydan möl hosil yetiştiriş uçun Toşkent şahridan 30 quti Kaliforniya çuvalçangini ham olib kelib, qulupnay köçatlari qopçalariga solişga tayyorlab qöyibdi.
Harakatda – barakat, deydi xalqimiz. Öz mehnatlari bilan aholi rizq-rözini möl-köl qilişga hissa qöşişdek ezgu niyat bilan ekin ekişga çoğlanayotgan tadbirkor dehqonlarga muvaffaqiyatlar yor bölişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶