14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 10:58
Sport 👁 274

“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA YIL DAVOMIDA SPORT FESTIVALI OʻTKAZILADI

“SPORTNI SEV, SPORT BILAN YaShA!” ShIORI OSTIDA YIL DAVOMIDA SPORT FESTIVALI OʻTKAZILADI

Mamlakatimizda sihat-salomatlikning muhim garovi boʻlmish jismoniy tarbiya va sportga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Barcha hududlarda sport – sogʻlomlashtirish inshootlari bunyod etish, aholini jismoniy faollikka jalb etish uchun turli musobaqalar tashkillashtirib, gʻoliblarni ragʻbatlantirib borish boʻyicha koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Butun yurtimiz boʻylab shu yilning 10-yanvaridan boshlab dekabrigacha “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sportning mini-futbol, basketbol, voleybol, badminton, stol tennisi hamda shaxmat-shashka turlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Festival tarzidagi musobaqalar mahalla-tuman-hudud miqyosida tashkil etilgan.

Barcha bosqichlarning gʻoliblari esa mamlakatimiz poytaxtida yirik sport arenalarida boʻlib  oʻtadigan final musobaqasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Ushbu sport festivalida 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha sportsevar yurtdoshlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Mangʻit shahridagi 16-sonli maktab sport zalida ham tumanimiz mahallalarida voleybol boʻyicha hududlar orasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida oʻtkazilgan saralash musobaqalarida gʻolib boʻlgan yigitlar oʻrtasi final bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Bungacha oʻtkazilgan quyi bosqichlarda  11 ta hududdan yaʼni Bobur, Toʻlqin, Kuyuk koʻpir, Toshyop, Boyovul, Qangli, Qilichboy ovullari yigitlaridan iborat jamoalar, qizlar oʻrtasida esa Xitoy, Toʻlqin, Qipchoq, Bobur ovullari jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tuman bosqichi finaliga yoʻllanma olishgan edi.

Musobaqa finalida yigitlar jamoalari 16-sonli maktab sport zalida oʻzaro kuch sinashishdi.

Shunisi eʼtiborliki, bu yerda ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Navbat kutayotgan jamoalar bellashuvga chiqqan jamoalar oʻyinlarini bemalol kuzatib, oʻzlariga kerakli xulosalar olib oʻtirishdi.

Qizgʻin bellashuvlar bilan oʻtgan musobaqa yakunlariga koʻra, Kuyuk koʻpir ovuli voleybolchi yigitlari faxrli birinchi oʻrinni, Qangli ovuli yigitlari ikkinchi, Bobur ovuli yigitlari esa uchinchi oʻrinlarni yengib  oldilar.

Ushbu musobaqaning ayollar oʻrtasidagi bahslari 82-sonli maktab sport zalida boʻlib oʻtdi. Bu yerda 4 ta hudud – Xitoy, Toʻlqin, Qipchoq va Bobur ovullarining voleybolchi qizlar jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.

Sportchilarda shunday ibora bor: kim mahoratli, kuchli boʻlsa, gʻalaba shuniki boʻladi. Darvoqe, toʻrtta jamoalar voleybolchi qizlari oʻrtasida gʻoyat shiddat bilan kechgan bahslarda ham oʻzlarining  mahoratini, salohiyatini namoyish etgan Bobur nomli ovul qizlari birinchi, Xitoy ovuli qizlari ikkinchi, Toʻlqin ovuli qizlari uchinchi oʻrinlarni egalladilar.

Bellashuvlar yakuniga yetgach, 16-sonli maktab sport zalida musobaqada qatnashgan barcha voleybolchilar ishtirokida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Faxrli  oʻrinlarni egallagan jamoalarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi 1-Alohida otryadi komandiri, mayor Baxtiyor Otajonov diplom topshirdi. Ular 30-31-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibligi uchun oʻtkaziladigan bosqichda ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!” Yil davomida shu shior ostida oʻtkaziladigan sport musobaqalari hali koʻplab iqtidorli sportchilarni kashf etadi. Aslida musobaqalarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ham shu.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019