AMUDARYoLIK SPORTChILAR QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KUBOGI SOHIBI BOʻLDI
2021-yil «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» yiliga bagʻishlab, Xoʻjayli tumanidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida U-12 va U-14 qizlari oʻrtasida futzal boʻyicha Qoraqalpogʻiston Kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
2-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Kubogi uchun oʻtkazilgan ushbu musobaqada 12 yoshlilar oʻrtasida Xoʻjayli, Amudaryo, Kegeyli tumanlaridan, 14 yoshli qizlar oʻrtasida Amudaryo, Taxiatosh, Boʻzatov tumanlaridan BOʻSM jamoalari qatnashib, gʻoliblik uchun bellashdilar.
Qizgʻin kechgan bellashuvlar natijasida 14 yoshlilar oʻrtasida 1-oʻrinni Amudaryo, 2-oʻrinni Taxiatosh, 3-oʻrinni Boʻzatov tumanlari sportchilari qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, 12 yoshlilar oʻrtasida oʻtgan musobaqalarda 1-oʻrin Xoʻjayli tumani, 2-oʻrin Amudaryo tumani, 3-oʻrin Kegeyli tumani jamoasiga nasib qildi.
Gʻolib boʻlgan amudaryolik futzalchilar jamoasi ushbu sport sirlarini oʻrgatgan tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari Rufat Bobojonov va Bayram Eshimovlarga alohida minnatdorchilik bildirishdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya ham sport vazirligi bilan Qoraqalpogʻiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 1-oʻrin gʻolibi boʻlgan jamoa kubok hamda I-darajali diplom, 2-3-oʻrinni egallagan jamoalar II-III-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶