Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati
2021-yil 9-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolarning Amudaryo tumani hokimligi binosiga kelib, Mangʻit dehqon bozori hududida savdo qilishlari uchun toʻsqinlik qilinayotganidan noroziligi bayon qilingan videomurojaat tarqaldi.
Videomurojaatda dastlab hokimning ish xonasida yoʻqligidan shikoyat qilingan. Tuman hokimi S.Yoʻldashev shu paytda 82-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi”da ishtirok etayotgan boʻlgan. Uchrashuv tugaganidan keyin hokim ish xonasiga kelib, hokim oʻrinbosarlari, bozor maʼmuriyati, tuman Davlat soliq inspektsiyasi va boshqa tegishli mutassadilar ishtirokida murojaatchi ayollar bilan uchrashdi.
Murojaat qilgan fuqarolarga bozor hududidagi piyodalar yurish yoʻlakchasida noqonuniy savdo faoliyatini amalga oshirish yoʻlovchilarning oʻtishlariga toʻsqinlik qilishi, qolaversa, tegishli hujjatlarsiz savdo qilish qonunga zid holat hisoblanib, bozor hududida savdo faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki yuridik shaxs tashkil qilgan holda roʻyxatdan oʻtib, belgilangan tartibda va maxsus ajratilgan oʻrinlarda savdo qilish lozimligi tushuntirildi.
Shuni ham aytish kerakki, baʼzi savdogarlarning noqonuniy faoliyat yuritishi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamasligi bozorda raqobat muhitining buzilishiga, arzon va sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning sotilishi esa isteʼmolchilarning zarar koʻrishlariga sabab boʻladi. Shu sababli ham tuman davlat soliq inspektsiyasiga isteʼmolchilar va “Mangʻit dehqon bozori” MChJ hududida qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan bir necha marta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaat qilgan fuqarolarga bundan keyin belgilanmagan oʻrinlarda (piyodalar oʻtish yoʻlakchalari, avtomobillar toʻxtab turish joylari va h.k) savdo qilishga yoʻl qoʻyilmasligi, tegishli hujjatlarsiz savdo qilish esa belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi tushuntirildi.
Mazkur fuqarolarga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun “Mangʻit dehqon bozori” MChJ maʼmuriyati tomonidan tegishli savdo pavilonlaridan joy ajratilishi maʼlum qilindi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶