28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:22
Salomatlik 👁 256

BOTULIZM KASALLIGI INSON UChUN XAVFLI

BOTULIZM KASALLIGI  INSON UChUN XAVFLI

Oziq-ovqat mahsulotlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida insonning bebaho boyligi boʻlgan sogʻligiga zarar yetishi mumkin.

 

Botulizm – lotincha “botulus” soʻzidan olingan boʻlib, “kolbasa” degan maʼnoni bildiradi. Botulizm kasalligi oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, meʼda-ichak, markaziy asab tizimi, xususan, orqa miya va uzunchoq miyaning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Botulizm kasalligi qoʻzgʻatuvchisi kolbasa isteʼmol qilib, zaharlangan bemor organizmidan topilgan.

Oʻsha yili uning epidemiologiyasi va klinikasi matbuotda yoritilgan va unga botulizm nomi berilgan. Bu kasallik aksariyat hollarda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida yuzaga kelishini koʻpchilik juda yaxshi biladi. Botulizm mikrobi konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarida kislorodsiz muhitda tez koʻpayadi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga botulizm qoʻzgʻatuvchilari turli yoʻllar bilan oʻtadi. Masalan, goʻshtga hayvon soʻyilayotganda, nimtalanayotganda, baliqlarga esa tutilayotganda, tirnalgan, jarohatlangan teri qoplamalaridan yoki ichaklaridan tushishi mumkin. Koʻp hollarda botulizm tuzlangan baliqlardan tarqaladi. Sabzavot, mevalar va qoʻziqorinlarga botulizm qoʻzgʻatuvchilarining sporalari asosan tuproqdan oʻtadi.

Bugungi kunda yurtimizdagi savdo majmualarida sanoat usulida belgilangan sanitariya qoida va meʼyorlari asosida ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarining barcha turlari mavjud. Ishlab chiqarish korxonalarida konserva mahsulotlarini avtoklav apparati yordamida 2 atmosfera bosimda, yaʼni, 132 daraja haroratda zararsizlantiriladi yoki sterilizatsiya qilinadi. Uy sharoitida esa bunday sharoit yaratish mushkul va bu konservalarni esa kafolatli deb boʻlmaydi.

Konservalarni isteʼmol qilingandan soʻng, 2 soat, baʼzan 3-4 kun oʻtgach, zaharlanish alomatlari kuzatiladi.

Botulizm kasalligida quyidagi klinik belgilar paydo boʻladi, yaʼni, ogʻiz qurishi, koʻngil aynishi, holsizlanish, qayt qilish, koʻrishning xiralashishi, jismlarning ikkita boʻlib koʻrinishi, qorin sohasida ogʻriq yuz berib, yutish va gapirish qobiliyati pasayadi, boʻyin va oyoq mushaklari zaiflashishi kabi belgilari kuzatiladi.

Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarining oldini olishda yagona yoʻl – shifokorga oʻz vaqtida murojaat qilishdir. Bemorni uy sharoitida oʻzi bilganicha davolash ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

 

Durbek Bobojonov,

tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat

salomatligi markazi sanitariya-gigiyena boʻlimi mudiri.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026