MADANIYaT OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan fevral – Madaniyat oyligi deya eʼlon qilinganligi munosabati bilan tumanimizdagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham köpgina saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda.
Inson zoti borki, doimo köngliga ruhiy ozuqa baxş etuvçi sanʼat asarlariga, kuy-qöşiqlarga doimo ehtiyoj sezib yaşaydi, böş vaqtlarida qöşiq tinglab orom olgisi keladi. Ayniqsa, jajji öğil-qizlarning ijrosidagi qöşiq, raqslar barçaga ham zavq-şavq, kötarinki kayfiyat bağişlaydi, ruhimiz tozaradi. Şuning uçun ham 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyati, öqituvçilar jamoasi oylik doirasida öquvçilar ijrosida köpgina kontsert dasturlarini namoyiş etişni rejalaştirganlar.


Şu yilning 18-fevralida Manğit şahridagi Istirohat boğida namoyiş etilgan «Yoşlar bizning kelajagimiz» deb nomlangan kontsert ham şular jumlasidan. Kontsertda öqituvçilar va öquvçilar ijrosida diltortar aşulalar, raqslar va teatrlaştirilgan kompoziyalar ijro etildi.



Kontsert barça tomoşabinlarga yorqin taassurotlar baxş etdi.
19-fevral kuni esa maktabning anʼanaviy çolğu, xoreografiya va teatr sinflari öquvçilari 38-sonli umumiy örta taʼlim maktabi öquvçilari uçun maktab faollar zalida «Beşta muhim taşabbus – beşta imkoniyat» ğoyasini özida aks ettirgan ulkan kontsert dasturini havola etdilar.



Dasturda sahna körinişlari, raqs va aşulalar ijro etildi.
Maktab öquvçilari öz tengdoşlari kontsertidan ulkan taassurotlar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶