YoShLARGA TADBIRKORLIK ASOSLARI BOʻYIChA TUShUNChALAR BERILIB, KOʻNIKMALAR ShAKLLANTIRILMOQDA
Mamlakatimizda yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi, mehnatservarlik fazilatlarining shakllanishi jamiyatimiz rivojlanishida muhim oʻrin egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Murojaatnomasida oʻgʻil-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratish lozimligi taʼkidlab oʻtilgan. Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularda biznesni yuritish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantirish muhim vazifa qilib berilgan.

Joriy yilning 1-fevralidan boshlab, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchilariga “Tadbirkorlik asoslari” fani oʻqitilmoqda.
Bugungi kunda bir qancha maktablarda yoshlarga “Tadbirkorlik subektlari va ularning turlari”, tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi”, “Oilaviy korxonaning afzalliklari” va “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (my.gov.uz) foydalanish qoidalari” haqida oʻquv darslari oʻtkazilib, ushbu jarayonlar slaydlar, roliklar va tayyorlangan bukletlar orqali tushuntirilib borilmoqda.

“Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumandagi 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar orasida biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va koʻnikmalarni oshirish uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi. Seminar davomida yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblari, tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqlari, biznes rejalarning tayyorlanishi va mazmun mohiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi.

Yoshlarga berilayotgan tushunchalar, shakllantirilayotgan tadbirkorlik koʻnikmalari kelajakda zamonaviy bilim va tajribalarga ega avlodning, faol tadbirkorlarning yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
Umida Saparbayeva, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶