SAHNADA GÖZALLIKLAR YaRATGAN AYoL
Yurtimizda bayramlar köp. Ayniqsa, bahor fasli bayramlar bilan boşlanib, el-yurtni fayzga töldiradi. Butun xalqqa kötarinki ruh bağişlab, şodiyonalar şodiyonalarga ulanadi. Bayramlar arafasida barça hududlardagi Madaniyat markazlari tomonidan katta tayyorgarlik köriladi. Ommaviy bayram tadbirlari çuqur ğoyaviy mazmun bilan boyitilib, aholining maʼnaviy-madaniy hordiq çiqarişiga imkoniyat yaratiladi.
Katta şodiyonalar, qutluğ ayyomlar munosabati bilan tumanimizdagi Madaniyat bölimi tomonidan ham bayram dasturlari tayyorlanib, namoyiş etiladi va aholiga kötarinki kayfiyat ulaşiladi. Ayniqsa, yuksak mahorat bilan bezatilgan sahna, turli dekoratsiyalar, ijroçilarning did bilan tanlangan liboslari ruhiyatni yanada kötaradi. Barçaga bayramona ruh baxş etib, atrofga ham özgaça fayz kiritadi.
Bayramlarda aholiga taqdim etib kelinayotgan turli dasturlar, tadbirlarning çiroyli, mazmunli çiqişiga, yuqori saviyada ötkazilişiga bölimning har bir xodimi qatorida liboslar böyiça mutaxassis, sahna bezakçisi Mehribon Yöldoşeva ham fidoyilik bilan öz hissasini qöşib kelmoqda. Har bir tadbirda öz mahoratini namoyiş etib, yangi ğoyalar topişga, sahnani bekamu-köst bezaşga, liboslarga özgartirişlar kiritib, bayramlarga mos andozalar yaratişga harakat qiladigan mutaxassis fidoyi xodim sifatida barçaga örnak bölib kelmoqda.
Mehribon Yöldoşeva sohada 11-yildan buyon faoliyat körsatmoqda. U libosçi böliş bilan birga “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi aʼzosi hamdir. Respublika, tuman miqyosidagi folklor çiqişlarda öz isteʼdodini, mahoratini namoyiş etib, el eʼtirofiga sazovor bölmoqda. Xalq sayllari, Navröz va Mustaqillik bayramlarida, folklor yönalişdagi körik-tanlovlarda jamoa çiqişlarining mazmunan boyişiga öz hissasini qöşmoqda.
Özining mehnat faoliyati davomida tuman ijtimoiy hayotida faol iştirok qilib kelayotgan bu fidoyi ayol kasbdoşlariga ğamxör, xuşmuomala, halol va kamtar inson, namunali oila bekasi, 4 nafar farzandi bor. Öz farzandlarini el-yurt manfaatiga yaraydigan, munosib insonlar etib voyaga yetkazmoqda.
U bayram arafasida tuman hokimining Faxriy yorliği bilan taqdirlandi. Elda va kasbdoşlari orasida öz masʼuliyatliligi bilan eʼtibor qozongan, sahnalarni bayramona bezatib, gözalliklar yaratib kelayotgan fidoyi ayolni bu kabi rağbatlar yanada köproq mehnat qilişga undaydi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶