TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI BOShLASh ISTAGIDA BOʻLGAN YoShLARGA MASTER-KLASS OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzuridagi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi samarali faoliyat olib bormoqda.
Joriy yilning 10-mart kuni Doʻstlik mahallasidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida Amudaryo tumanidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi huzuridagi Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ularga tadbirkorlik sohasi sir-asrorlarini oʻrgatish boʻyicha master-klass tashkil etildi.
Tadbirda Tadbirkorlar jamoatchilik Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi K.Yeshmanov hozirgi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi. Yoshlarni ish bilan taʼminlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda oʻz oʻrinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining oʻrni, oʻzini oʻzi band etish, bugungi kunda aholini, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, xususan, ularning biznes gʻoyalarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida tushunchalar berdi.
Tadbirda ishtirok etgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Ularga tadbirkorlar va Jamoatchilik kengashi aʼzolari batafsil javoblar berdilar. Oʻtkazilgan tadbir yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash va istaklarini roʻyobga chiqarishlarida muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
M.Oʻrozboyev, tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶