ŞIFOKORLAR SULOLASI DAVOMÇISI
Hayot mohir muallim – garçi gapirmasada, yon-atrofdagi voqea-hodisalarda töğri xulosa çiqarişga örgatadi, oqil donişmand hamki, yaxşi-yomonni farqlaşga örgatadi va yana odil tarozibondirki, har kimning qanday insonligini, bahosini körsatib turadi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Bolalar poliklinikasida pulmonolog şifokor bölib işlaydigan Feruza Şomurodovani ham xizmatlari tufayli taniydiganlar, hurmat qiladiganlar köp.
Sohaga mehr uning qonida bor desak, adaşmagan bölamiz. Otasi tumanimiz tibbiyoti ravnaqiga munosib hissa qöşgan rahmatlik taniqli şifokor Xudoyor Şomurodov, onasi mahoratli hamşira Norgul opaning bolalar soğliği uçun fidoyilik qilişlarini körib ulğaygan qiz 38-sonli maktabni tugatib, Samarqand Davlat Pediatriya oliygohiga öqişga kirdi. Institutni tugatgaç, 1996-1997-yillarda Nukus şahridagi Respublika kasalxonasida internatura ötadi.
1997-yilning iyulidan boşlab, tuman Tibbiyot birlaşmasining Bolalar poliklinikasida işlab kelmoqda.
Feruza ayni kunda davlatimizda aholi orasida soğlom turmuş tarzi, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, jismoniy faollik keng tarğib etilayotganidan xursandligini quvonib taʼkidlaydi. Çunki bolalar orasidagi köpgina kasalliklar turmuş tarzimizdan kelib çiqayapti, deb hisoblaydi.
Ayni kunlarda uning qabuliga kuniga 30 nafardan ziyod 18 yoşgaça bölgan yoşlar, ösmirlar, bolalar nafas yöllari kasalliklaridan şikoyat qilib kelişadi.
Bolalar şifokori bölişning öziga yaraşa murakkabliklari bor. Çunki yoş bolajonlar özlaridagi kasallik belgilarini ayta olmaydi, şifokor bolaning ahvoliga qarab, tekşiruvlar natijasiga köra davo muolajasini buyuradi. Bolalar holatini his qiliş, har bir bemorga induvidual yondoşiş lozim.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida özining, oila aʼzolarining soğliğini xavf ostiga qöyib, kuniga 10-12 soatlab işladi. Kuniga 70-80 nafarlab bemorlarni qabul qilib, ahvoliga qarab, statsionar yo uy şaroitida davolanişga yönaltirdi, davo muolajalarini olişini nazorat qildi va soğayib, hayotga qaytişiga sababçi böldi.
– Ilohim, öşa xavf-xatarlar orqamizda qolgani rost bölsin! Bilasizmi, özimga ham yuqib qolsaçi, degan öy könglimga kelgan vaqtlar böldi, farzandlarim köz öngimga kelardi. Biroq qörqqanim yöq. Şifokor kasallikdan qörqsa, yutqazadi.
Ming şukur, tahlikali davrlardan ötib, bugungiday osoyişta kunlarga yetdik, – deydi mamnunlik bilan fidoyi şifokor Feruza Şomurodova.
U obrö-eʼtiborli şifokor böliş bilan birga olti nafar farzandlarini ham turmuş örtoği bilan hamjihatlikda elga munosib qilib voyaga yetkazişayapti. Uçovi oliygohlar talabalari, uç egizak farzandlari esa maktab öquvçilari.
Uy-rözğor, farzand tarbiyasi bilan xizmat vazifasini ham birgalikda uddalab kelayotgan mahoratli şifokorga tolmas kuç-quvvat tilab, 8-mart bayrami bilan qutlab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶