Manğit dehqon bozorida “Navröz” bayrami arafasida savdo yarmarkasi faoliyati yölga qöyildi
Mamlakatimiz aholisini kundalik isteʼmoli uçun zarur bölgan ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, arzon, sifatli qişloq xöjalik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaşga va narx-navo barqarorligini saqlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda tegişli vazirliklar tumanlar hokimliklari hamkorligida aholi sonidan kelib çiqib, kundalik ehtiyojga zarur oziq-ovqat hamda qişloq xöjalik mahsulotlarining bozorlarda sotilişi nazoratga olinmoqda hamda narxlarning barqarorligini saqlaş çoralari körilayapti. Buning uçun fermer xöjaliklari, dehqon xöjaliklari va yer egalari tomonidan yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlari birinçi navbatda tuman aholisiga sotilişi uçun dehqon bozorlariga olib çiqilmoqda.
Manğit dehqon bozorlarida oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari fermer, dehqon hamda şaxsiy tomorqa yer egalaridan töğridan-töğri, qölma-qöl ötib, bahosi ösişiga yöl qöyilmasdan sotilişi ustidan nazorat örnatilmoqda. Bozorda sanitariya, veterinariya qoidalariga rioya etilişi, tozalik, mahsulotlarning sifati, isteʼmolga yaroqliligini örganiş doimiy olib borilmoqda. Navröz bayrami arafasida Manğit dehqon bozori oldida savdo yarmarkasi taşkil etildi
Şuningdek, Amudaryo tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan röyxat asosida tumandagi çorvaçilik fermer xöjaliklari hamda göşt mahsulotlari sotiş bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining göştga bölgan ehtiyojining maʼlum qismini taʼminlaş borasida yirik şoxli qoramollar söyilib, maxsus rastalarda har bir kilogrammi 45000 sömdan, kartoşka 3000-3500 sömdan, tuxum 900-1000 sömdan sotilmoqda.
Amudaryo tuman davlat Soliq inspektsiyasi bilan birgalikda bozor hududida davlat röyxatidan ötmasdan, noqonuniy olib sotarlik bilan şuğullanayotgan şaxslar aniqlanib, belgilangan tartibda soliqqa tortilayapti, narxlarning ösişiga olib keladigan omillar birma-bir örganilib, bartaraf etiş çoralari körilayotir. Jumladan, Özbekiston tovar xom-aşyo birjasi savdolaridagi oziq-ovqat mahsulotlari (ösimlik yoği, şakar, un mahsulotlari) narxlari töğrisida maʼlumotlar olinib örganilmoqda. Bundan maqsad tadbirkorlik subʼektlari tomonidan birja savdolarida sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari noqonuniy olib sotarlik bilan şuğullanayotgan şaxslar qöllariga ötib, narx kötarilib ketişining oldini olişdir.
Savdo yarmarkasida sotuvçilar va xaridorlar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida bostirma qilinib, peştaxta qöyildi. Uşbu savdo örinlarida va bozorda narxlarning barqarorligini taʼminlaş maqsadida doimiy nazorat olib borilayapti. Bu bilan yurtdoşlarimizning kundalik hayotidagi zarur bölgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlariga bölgan ehtiyojlari qoplanişinini taʼminlaş közda tutilgan.
Navröz bayrami arafasida taşkil etilgan savdo yarmarkasi tumanimiz mehnatkaşlari arzon, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiliş imkonini yaratdi.
Zafar Saburov, departamentning Amudaryo tuman bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶