MAHALLALARDA TUMAN FHDYo BOʻLIMINING SAYYoR UChRAShUVLARI OʻTKAZILDI
Tuman FHDYo boʻlimi tomonidan barcha hududlarga chiqqan holda, sayyor ravishda fuqarolarning murojaatlari oʻrganish, huquqiy maslahatlar berilish, amaliy yordamlar koʻrsatish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etiladi. Shu paytga qadar boʻlim xodimlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, koʻrsatilgan huquqiy xizmatlardan aholi juda mamnun. Jumladan, 38 nafar fuqaroning nikohlarini qayd qilish marosimlari ham sayyor ravishda tantanali oʻtkazildi.
Joriy yil 25-yanvar kuni Beruniy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan sayyor uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda fuqarolik holatlariga doir hujjatlarni qayd qildirish boʻyicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, fuqarolarning turli xil mazmundagi murojaatlari tinglandi. Jumladan, 5 nafar fuqaroga nikohdan oʻtish tartibi tushuntirilib, arizalari qabul qilindi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroning otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra, ularga ham amaliy yordam koʻrsatildi.
Shu kuni Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinida aholisi bilan ham sayyor uchrashuv oʻtkazildi. Mahalla hududida yashovchi fuqaroning 3 nafar farzandiga yolgʻiz onalik asosida olingan tugʻilganlik haqidagi guvohnomalariga otalikni belgilash va oʻzlarining qonuniy nikohini qayd qilish yuzasidan murojaati qabul qilinib, ularga bu boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.
Uchrashuvda hudud fuqarolariga qonuniy nikohni va farzandlariga tugʻilganlik haqida guvohnomalarni vaqtida qayd qildirishning xuquqiy asoslari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, hozirgi vaqtda qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Bu kabi uchrashuvlar barcha ovul va mahallalar hududlarida muntazam ravishda oʻtkazib borilishi belgilab qoʻyildi.
Umida Ashirboyeva, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶