28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Siyosat 👁 315

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 30-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 30-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

2021-yil 26-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 30-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyaga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi.

Kun tartibiga havola qilingan birinchi masala, yaʼni sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovni amalga oshirishga doir  2021-yilning yanvar-fevral oylaridagi faoliyati toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodovning axboroti tinglandi.

2021-yilning yanvar-fevral oylari davomida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudiga jami 23 shaxsga nisbatan 20 ta jinoyat ishi, jami 279 shaxsga nisbatan 231 ta maʼmuriy ishlar kelib tushgan va koʻrib chiqilgan.

Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi haqidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Narimov axborot berib oʻtdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, joriy yilda tumanimizning 16 ta ovul va mahallalari hududidagi umumiy qiymati 7 mlrd 800 mln soʻmlik 49 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini tortish, 14 ta transformator punktlarining holatini yaxshilash, 1 ming 105 ta elektr simyogʻochlarini yangilash rejalashtirilgan.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 2,2 km gaz tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish, 1 ta gaz taqsimlash punktini mukammal taʼmirlash, 230 ta gaz taqsimlash punktlarini taftish qilish, 35 km gaz quvurlarini zichlikka sinash, 15,8 km yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish va 5 km gaz tarmoqlarini boʻyoq qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala, yaʼni “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Jasur Yermetov hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, tuman boʻyicha 13210 ta xonadonga zamonaviy gaz hisoblash uskunalarini oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kungacha 582 ta xonadonga “aqlli” hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari yakuniga yetkazilgan.

Kun tartibiga kiritilgan “Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Jamol Rajabov hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, 2021-yilda shoʻr yuvish davri uchun ajratilgan suv limiti suv isteʼmolchilariga oʻn kunliklar boʻyicha taqsimlanib, suv isteʼmolchilari uyushmasi bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalar toʻliq tuzilgan. Irrigatsiya boʻlimi va suv isteʼmolchilari uyushmasi oʻrtasida 328 ta suvning doimiy hisob-kitob jurnallari tashkil etilgan. 2021-yilgi shoʻr yuvish davri uchun tuman boʻyicha 157,5 mln kub metr suv limiti belgilangan boʻlib, amalda 121,3 mln. kub metr suv isteʼmolchilarga yetkazib berildi. Ushbu olingan suv miqdori bilan 24 ming 142 gektar maydon sugʻorilgan boʻlib, suvdan foydalanish koeffitsiyenti 0,91 ni tashkil qilmoqda.

Shundan soʻng, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablarda boʻsh turgan direktor lavozimlariga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha   nomzodlarga kelishim berish masalasi koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, 2020-yil 6-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Farmonning 11-bandiga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab, umumtaʼlim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash hamda ish beruvchining tashabbusiga koʻra lavozimidan ozod etishning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan tegishli xalq deputatlari tuman Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshirish tartibi joriy etilgan.

Sessiyada tumandagi 9-, 18- va 25-sonli maktablarda direktor lavozimi vakant hisoblanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu vakant direktor lavozimlari uchun eʼlon berilganligi, tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar ariza bilan murojaat etganligi, nomzodlarning hujjatlari, ularning belgilangan malaka talablariga mosligi oʻrganib chiqilganligi hamda bir necha nomzodlar tuman Kengashi sessiyasiga koʻrib chiqish uchun tavsiya etilganligi maʼlum qilindi.

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar kelgusi 3-yil ichida maktabda taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha oʻzlarining dasturlarini deputatlar eʼtiboriga havola qildi. Taqdimotlardan keyin deputatlar yashirin ovoz berish orqali eng munosib nomzodlarni tanladilar.

Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra “Qizilcholi” mahallasidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga Yakubov Shuxrat Qurbonboyevich, Amir Temur ovulidagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga Djabbarov Amanmurod Gaipovich va “Qipchoq” ovulidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga Radjapov Ibragim Arzimbetovichlar nomzodi munosib deb topildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqildi. Koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026