UMUMIY YuRISDIKTsIYa SUDLARIDA FUQAROLARNING BELGILANGAN QOIDALARGA AMAL QILMASLIGI JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI
Sud binosida sudyalar va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan fuqarolar yurisdiktsiya sudlari binolarida yurish-turish qoidalarini bilishi alohida ahamiyatga ega.
Fuqarolar sud binolariga kelganlarida ularning yonlarida fuqarolik pasporti, harbiy xizmatchi boʻlsa, harbiy guvohnomasi yoki tegishli tashkilot tomonidan berilgan xizmat guvohnomasi boʻlishi lozim.
Sudga tashrif buyuruvchilar sud binosiga yoki majlislar zaliga belgilangan kunlarda va vaqtlarda kelishlari, sud ishi koʻrilayotganda sud majlislari zalida sud protsessual ishtirokchisi sifatida, boʻsh joylar mavjud boʻlgan hollarda esa, basharti sud majlisi yopiq yoki qatnashuvchilar soni raislik etuvchi tomonidan chegaralanmagan boʻlsa, kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin. Shuningdek, ular sud hujjatlari namunasi va sud ish yurituvida boʻlgan ishning koʻrilishi vaqti hamda soati haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish, protsessual hujjatlarni olish, ariza, shikoyat va boshka hujjatlarni topshirish uchun sudning tegishli xizmat xonalariga kirish huquklariga ham ega.
Tashrif buyuruvchilar sud binolarining xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan texnik moslama yordamida oʻtkaziladigan koʻrikdan oʻtish, ularga tekshirish uchun pasport yoki boshqa hujjatni, shaxsiy guvohnoma kabi qoʻlidagi narsalarni taqdim etishi kerak. Sud faoliyatida oʻrnatilgan tartibga va jamoat joylarida oʻzini tutish qoidalariga rioya qilish, sud kotibiga oʻzining kelganligini maʼlum qilish, sud majlisiga taklif boʻlmaguncha sud majlisi zalida paydo boʻlmaslik lozim. Sudya yoki sud apparati xodimi talabiga muvofiq sud majlisi zalini tark etish, sudya va boshqa majlis ishtirokchilarining harakatlariga aralashmaslik, sud muhokamasini olib borishga savollar, luqma soʻzlar bilan halaqit bermaslik, jamoat tartib-qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar ham majburiyat hisoblanadi.
Sud binosiga mast, inson qadr-qimmati va odob-ahloq qoidalarini tahqirlovchi tashqi qiyofaga ega boʻlgan holda, katta hajmli sumka, chemadon, quti, tugun bilan kelgan shaxslarning tashrif buyurishlari man qilinadi.
Sudga tashrif buyuruvchilarga oʻqotar va sovuq qurollar, kimyoviy va portlovchi moddalar, atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalarni sud binosiga olib oʻtish taʼqiqlanadi.
Sud binosining qamoq ostida boʻlgan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan joylari yaqinida boʻlish, tanishib chiqish uchun olingan hujjatlarni, sud mulkini olib ketish taʼqiqlanadi.
Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, sudga nisbatan hurmatsizlik bildirish, qoʻriqlash xizmati xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶