AMUDARYoDA VAZIRLAR KENGAShI RAISI VA VAZIRLARNING YoShLAR BILAN UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI
29-mart kuni Amudaryo tumanida Vazirlar Kengashi raisi hamda vazirlarning yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abat Daniyarov, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Toʻrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari Ayubxon Kamalov, Davlat Statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mahmudjon Ziyadullayevlar ishtirok etib, yoshlar bilan ularning qiziqishlari, muammolari, taklif va istaklari haqida suhbatlashdilar.
Respublika miqyosida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda qoʻshni tumanlardagi yoshlar ham qatnashib, oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini manzilli oʻrganib, ijobiy hal etish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.
Amudaryo tumani hhokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶