28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:15
Siyosat 👁 237

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI RAISI YoShLAR BILAN UChRAShDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI RAISI YoShLAR BILAN UChRAShDI

29-mart kuni Amudaryo tumanida Vazirlar Kengashi raisi hamda vazirlarning yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abat Daniyarov, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Toʻrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari Ayyubxon Kamalov, Davlat Statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mahmudjon Ziyadullayevlar ishtirok etib, yoshlar bilan ularning qiziqishlari, muammolari, taklif va istaklari haqida suhbatlashdilar.

Respublika miqyosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda turli tumanlardan kelgan  110 nafar yoshlar bilan birga turli tashkilot va muassasalarning masʼul rahbarlari ham qatnashishdi.

Uchrashuv munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilishni Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Abat Daniyarov ochib berdi va olib bordi. Yigʻilishda Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev  Prezidentimiz tomonidan 2020-yilning 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda hamda joriy yilning 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid chora-tadbirlarga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, joriy yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb eʼlon qilinganligi bois mazkur sohalarda Amudaryo tumanida olib borilayotgan qator samarali ishlar, xususan, “Yoshlar daftari”ni yuritish boʻyicha dastlab namuna tariqasida Nukus shahri va Beruniy tumanlarida, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida yoʻlga qoʻyiladigan yoshlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari xususida keng toʻxtaldi.

Vazirlar Kengashi raisi ushbu xatlov ishlari 461 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilganligi, shunga koʻra 406 ming nafardan ziyod yoshlar oʻrganib chiqilganligi, oʻrganish yakunlari boʻyicha “Yoshlar daftari”ga 47 ming nafardan ziyod yoshlar kiritilganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Undan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan barcha yoshlarning yoʻnalishlar kesimida bandligini taʼminlash va ijtimoiy muammolarini yechish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham soʻzladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari Ayyubxon Kamalov ham yigʻilish davomida joylarda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish borasida samarali ishlar olib borilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, “Yoshlar: 1+1”  dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida oʻquv kurslari tashkil qilinayotgani, oʻquv kurslarini tamomlagan yoshlarga hafta oxirida sertifikatlar taqdim etilayotganini aytib oʻtdi. Ushbu sertifikatlar asosida esa dehqonchilik qilish uchun yer va tadbirkorlik qilish uchun kreditlar ajratilayotgani haqida gapirib, kredit olish tartibi haqida batafsil tushunchalar berdi.

Shundan soʻng, yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat oʻtkazildi. Ochiq muloqotda yoshlar tomonidan 22 ta murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlar asosan kredit, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish, chekka hududlarda IELTS ga tayyorgarlik boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish, vaqtincha vazir boʻlish, yosh olimlar klubini tashkil etish, kasb-hunar oʻrgatish kurslarini chekka hududlarda ham tashkil etish boʻyicha qabul qilindi. Shuningdek, subtsidiya asosida issiqxona qurib berish, Yoshlar kichik sanoat zonasini tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish uchun yer maydonini ajratib berish  kabi masalalarda ham murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi. Oʻrganish va muddat talab etiladigan murojaatlar esa tegishliligi boʻyicha masʼullarga topshirildi. Kredit olish, bandlikni taʼminlash boʻyicha berilgan murojaatlarning ayrimlariga tegishli masʼullar koʻmagida shu vaqtning oʻzida yechim topilib berildi. Shuningdek, subsidiya asosida Chordara mahallasida yashovchi Baxtjon Bozorboyevga issiqxona qurib berildi.

Yigʻilish yakunida Vazirlar Kengashi raisining tegishli soha oʻrinbosarlariga barcha murojaatlarni tegishliligi boʻyicha oʻrganish, ijobiy hal etish boʻyicha qatʼiy topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026